TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3673 4.52K
#ict_news #smartfon #android

Smartfonlar quvvatlagichlarining xavfli jihati ochildi 🔋🔌

Hademay “Xiaomi” 100 vattli tezkor quvvatlagichga ega smartfonini taqdim etadi, kuni kecha esa “Realme” xuddi shunday smartfoni (faqat uniki 125 Vt) bilan tanishtirgandi. Shunday yangiliklar chiqayotgan bir pallada kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi “Tencent Security Xuanwu Lab” kompaniyasi smartfonlar quvvatlagichlarining xavfli jihati ko‘rsatilgan dalilni ilgari surmoqda.

Kiberxavfsizlikning akkumulyatorga nima aloqasi bor? 🤔

Kompaniya mutaxassislari hisobotida keltirilishicha, xakerlar mabodo “BadPower” (shartli nom) hujumini uyushtirsa yuz millionlab qurilmalar xavf ostida qoladi. Ekspertlar 35 xil quvvatlagich adapteri, tashqi akkumulyatorlar va boshqa turdosh qurilmalarni sinab ko‘rishdi. Ularning 18 tasi xavfsizlik talablariga javob bermadi. Bulardagi zaiflik orqali xakerlar smartfon, planshet yoki noutbuklarga ortiqcha tokni yo‘naltira oladilar. Bu hatto qurilmaning yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Eng yomoni, “BadPower”ni masofadan uyushtirish mumkinligi. Bunda qurilmada tezkor quvvatlashning qaysi texnologiyasi qo‘llanayotganining ahamiyati ham qolmaydi. Hamma gap USB-port orqali quvvatlagich adapteri mikrokodini o‘zgartirib qo‘yish imkoniyatining mavjudligida. Shu boisdan ham mutaxassislar o‘z smartfoningiz, planshetingiz yoki noutbugingiz quvvatlagichlarini begonalarga bermaslikni tavsiya qilishmoqda.

📝Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →