#bilasizmi #smartfon
Smartfon ishlab chiqaruvchilarning marketing hiylalari 📱🤔
Smartfonlar bozoridagi raqobatning yuqoriligi, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mijozlarning e’tiborini o‘ziga qaratish uchun reklamaning turli xil usullaridan foydalanishadi.
Lekin, marketing hiylasi deb oddiyroq nomlangan quyidagi usullarni qanday nomlashni o‘zingiz hal qiling.
1️⃣. Qalbaki fotosurat
Eng keng tarqalgan usullardan biri, professional fotoapparatda olingan fotosuratlarni smartfonda olingan deb da’vo qilinishi.
2️⃣. Benchmark (qurilmaning ish tezligini baholash va taqqoslash) ilovalarini aldash
Tez-tez har xil smartfonlarning benchmark ilovalaridagi (AnTuTu, PCMark) ro‘yxatini va yuqori ballariga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak.
Sintetik testlardagi baholash, smartfonning odatiy foydalanish jarayonidagi tezligini baholash emas. Lekin shunday bo‘lsada ayrim foydalanuvchilar ushbu testlarga ishonishadi.
Muammo shundaki, smartfon ishlab chiqaruvchilari benchmark ilovasi ishga tushirilganligini aniqlab, vaqtincha maxsus "kuchaytirilgan" rejimga o‘ta oladilar.
Qiziq, internet tezligini o‘lchash saytlarini (serverlari) ham aniqlab, maxsus rejimni qo‘llash mumkinmikan?
3️⃣. Tez va qisqa muddatda millionlab sotuvlar
Ma’lum bir smartfon sotuvning ilk kunidayoq 60 soniyada sotib tugatilgani va kompaniya bunday bir necha million dollar foyda qilganligi haqidagi xabarlar. Aytaylik, 1000 dollarlik smarftondan 1000 dona sotilsa ham million dollar bo‘ladi. Xitoy, Hindiston kabi aholi soni milliarddan oshadigan davlatlar uchun 1000-2000 dona smartfonni qancha muddatda sotish mumkin?
4️⃣. Nomi o‘zgartirilgan “yangi” smartfonlar
Masalan, biror davlatda yaxshi sotilmagan smartfonni yangicha nomlab boshqa davlatlarda sotilishi.
Ko‘pincha tizimni yangiroq versiyasi o‘rnatilib innovatsion yangi smartfon ko‘rinishida “qayta tug‘iladi”.
📝 Manba: @gsmgurus_FAQ
👨🏻💻@itspecuz
Post #3615
4.37K