TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3423 15.5K
#excel

Aralash havola turidan foydalanish bo‘yicha misol (Karra jadvali)

Yuqorida keltirilgan karra jadvalidagi sonlarni hosil qilish juda oson, buning uchun ustun va satr sarlavhalaridagi 1 sonlari kesishgan katakka sichqoncha kursorini o‘rnatib, quyidagi formula yoziladi: =$A2*B$1

Bunda $A2 katak manzilida ustun statik (o‘zgarmas), satr esa dinamik (o‘zgaruvchan) holda qoladi, ya’ni ushbu katakdagi formula sichqoncha bilan o‘ngga yoki pastga qarab tortilgan taqdirda, formula faqat 1-ustundagi sonlar bilan ishlaydi.

B$1 katak manzilida esa ustun dinamik (o‘zgaruvchan), satr esa statik (o‘zgarmas) holda bo‘ladi, ya’ni ushbu katakdagi formula sichqoncha bilan o‘ngga yoki pastga qarab tortilgan taqdirda, formula faqat 1-satrda keltirilgan sonlar bilan ishlaydi.

Ushbu keltirilgan misol bilan Excel’da eng kam harakat bilan karra jadvalini hosil qilishimiz mumkin. 😉

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →