TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3392 12.1K
#learn_english_with_software

Drops mobil ilovasi 📲

Lug‘aviy so‘z va jumlalarni zerikarli yodlashdan ko‘ra, buni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi, adrenalin bilan to‘ldirilgan o‘yinni tasavvur etib ko‘ring. Drops - bu til o‘rganishda barcha zerikarli jarayonlarni bartaraf etuvchi mobil ilova. Foydali so‘z va jumlalar ajoyib minimalistik rasmlar va tezkor mini-o‘yinlar yordamida o‘zlashtiriladi.

Eng qizig‘i: bu kuniga atigi besh daqiqa vaqt oladi xolos. Rostini aytganda, bu siz uchun aynan kerakli bo‘lgan vaqtdir. Sizga g‘alati tuyulib, “Bu ish beradimi?”, deyishingiz mumkin. Ha, so‘zsiz!

📋 Mavjud tillarning to‘liq ro‘yxati:
🇰🇷 Koreys tili
🇯🇵 Yapon tili
🇨🇳🇭🇰 Xitoy tili (shimoliy xitoy tili va kantoncha dialekt)
🇪🇸🇲🇽 Ispan tili (kastilcha va lotin-amerikancha ispan tili)
🇺🇸🇬🇧 Ingliz tili (amerikancha va britancha ingliz tili)
🇫🇷 Fransuz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇳🇱 Golland tili
🇮🇹 Italyan tili
🇷🇺 Rus tili
🇵🇹🇧🇷 Portugal tili (yevropacha va brazilcha portugal tili)
🇮🇱 Ivrit tili
🇸🇦 Arab tili
🇹🇷 Turk tili
🇵🇭 Tagal tili
🇻🇳 Vyetnam tili
🇮🇩 Indoneziya tili
🇩🇰 Daniya tili
🇸🇪 Shved tili
🇳🇴 Norvegiya tili
🇮🇸 Island tili
🇭🇺 Venger tili
🇮🇳 Hind tili
➕ Esparanto tili.

🏆 Ha, aytgancha, ushbu ilova 2018-yilning eng zo‘r ilovasi deb topilgan. Ilova sizga manzur kelsa, uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang. Birgalikda o‘zlashtirish esa yanada qiziqroq! 😉

📍P.S. Siz uchun taqdim etayotgan versiyamiz aslida Premium versiyasi bo‘lib, unda 5 daqiqalik cheklanma olib tashlangan, ilovadan istagan vaqtingizda va istaganingizcha foydalanishingiz mumkin, til o‘rganishda omad sizga yor bo‘lsin!

👨🏻‍💻@itspecuz
  • 🔥 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →