TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3385 3.94K
​​#ict_news #internet #smartfon

Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor? 📱📊🤔

Ookla kompaniyasining internet tezligini o‘lchovchi Speedtest testlari butun dunyoda keng qo‘llanadi. Jumladan, uning O‘zbekistondagi internet tezligi borasidagi sinovlari va umuman shu mavzuga oid bir nechta xabarlar kanalimizga ham chiqarilgan.

Mazkur kompaniya 2019 yilning uchinchi choragida dunyo bo‘yicha internet tezligi sinovlari yakunlarini e’lon qildi. Mutaxassislar uchta yetakchi smartfonsozning flagman telefonlari – Galaxy S10, iPhone XS hamda Huawei Mate 20 Pro modellarida dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan testlar natijalarini tahlil qilib ko‘rishgan. Aniqrog‘i, dunyoning 15 ta hududida, jumladan – Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Italiya, Nigeriya, Rossiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Koreya hamda Buyuk Britaniyadagi ushbu smartfonlarda Speedtest orqali internet tezligini o‘lchashlarning ko‘rsatkichlari o‘rganilgan.

Ookla ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat hududlarda Galaxy S10 o‘z raqiblaridan ustunligini namoyon etgan.

Maqola ostiga biriktirilgan diagrammada ko‘rib turganingizdek, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Nigeriya va Buyuk Britaniyadagina internetga kirish tezligi bo‘yicha Huawei Mate 20 Pro yoki iPhone XS ustunlikka erishgan. Nigeriyada faqat iPhone XS natijalari aks ettirilganiga sabab – bu mamlakat foydalanuvchilari Galaxy S10 va Huawei Mate 20 Pro flagmanlarida yetarli miqdorda Speedtest sinovini o‘tkazib ko‘rishmagan.

Yaqqol chempion – Galaxy S10 modelida internet tezligi masalasiga kelsak, uning natijalari 18,06 Mbit/soniya (Hindiston) va 95,91 Mbit/soniya (Kanada) orasida.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →