TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3282 21.8K
#telegramda_kanal_yuritish

💡 Telegraph’dagi maqolalar matni bo‘ylab tezkor o‘tish

Ba’zida Telegraph orqali yaratilgan maqolalarning matni uzayib ketganida, maqola uchun alohida mundarija qo‘shish va sahifa bo‘ylab tezkor o‘tishni sozlashimizga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?

Buning uchun matnning sarlavhalariga langarlar o‘rnatish va mundarijada ushbu langarlar uchun havolalar qoldirishga to‘g‘ri keladi.

Buni amalga oshirish oson, lekin tezkor o‘tish to‘g‘ri ishlashi uchun ba’zi jihatlariga e’tiborliroq bo‘lish lozim.

Langarlar va havolalarni qo‘shishning bosqichma-bosqish jarayoni

1️⃣. Butun matnni kiritamiz va formatini sozlab chiqamiz.

2️⃣. Matn tarkibidagi sarlavhalarga langarlar o‘rnatamiz - buning uchun sarlavha matnini belgilaymiz va formatni sozlash menyusida katta T harfiga bosamiz.

3️⃣. Mundarija matniga langar uchun havolani qo‘shamiz. Havolaning tarkibida # belgisi va sarlavha matnida keluvchi probellar o‘rniga chiziqcha belgisi qo‘llanilishi lozim.

Masalan, agar sarlavha (matndagi langar) sizda quyidagi ko‘rinishda bo‘lsa: Birinchi sarlavha

Ushbu langar uchun havola quyidagicha bo‘lishi lozim: #Birinchi-sarlavha

Ko‘rib turganingizdek, maqola matni bo‘ylab tezkor o‘tishni sozlashning hech qanday murakkab joyi yo‘q!

📌 P.S.: Sizlarga bir sahifa tarkibida mundarija, langarlar va tezkor o‘tish uchun havolalarni o‘z ichiga olgan maqolani misol tariqasida keltirdik: http://bit.ly/35KL4vY

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →