Telegram asoschisi Durov: “Smartfoningizdan bu ilovani o‘chirib tashlang!”
Tobora ommalashib borayotgan Telegram messenjeri asoschisi smartfon foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligidan xavotir bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp’ning oxirgi versiyasidagi yangilanishlar xakerlar uchun foydalanuvchilar ma’lumotlariga kirish imkonini beradi.
“Xakerlar sizga bitta video jo‘natsa bo‘ldi, tamom, – deya qayd qildi u. – May oyida men WhatsApp’da ketma-ket zaifliklar va xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar paydo bo‘lishini aytgan edim”.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp’ning yangi zaifliklari xakerlar va hukumat idoralari uchun shaxsiy ma’lumotlarni ochib beradi. Uning fikricha, buning sababi – messenjerga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi AQSh milliy xavfsizlik agentligining aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish dasturi (PRISM)da ishtirok etishidir.AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden ham hukumat amaldorlariga WhatsApp’dan foydalanamaslikni maslahat bergan edi. Shuningdek, avvalroq bu ilova orqali AQShga ittifoqdosh bo‘lgan hukumat rasmiylari kuzatib kelinayotgani xabar qilingan edi.
DiMaX @terabaytuz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg