Sizda ham dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylash vaqti keldi, degan xayol yuzaga kelmayabdimi? 💻🤔
1️⃣. Scratch bu nima?
Agar siz kompyuter dasturlari, mobil ilovalar, veb-saytlar, o‘yinlar yoki har qanday boshqa dasturiy ta’minotni yaratishni bilishni istasangiz, unda dasturlashni o‘rganishingiz lozim. Dasturlar kompyuter, smartfon yoki boshqa hisoblash qurilmasida o‘zini ishga tushirish imkoniyatini beruvchi - dasturlash tillarida yoziladi. Odamlar dasturlash tillari haqida o‘ylashganida, ularda qanday qilib sintaksis qoidalarini o‘rganish, qayerda kvadrat qavslarni va ikki nuqtani qo‘llash kabi doimiy savollar yuzaga keladi. Ba’zi tillardan faqat o‘z dasturchilarining oz qismigina foydalanishni bilishi mumkin bo‘lsa, boshqalaridan esa millionlab insonlar erkin foydalanib kelishadi.
Scratch’da kompyuter dasturlari deyarli LEGO konstruktori bilan bo‘lgandagi kabi yaratiladi: ekranda animatsiya bilan jonlantirilgan qahramonlarni boshqaruvchi grafik bloklar yig‘iladi. Shunday qilib, grafik bloklarni biriktirish orqali biror voqea yoki o‘yinni yaratish hamda turli qahramonlarning xatti-harakatlarini boshqarish mumkin. LEGO konstruktori yordamida turli konstruksiyalarni yig‘ish bilan bo‘lgandagi kabi, Scratch’da interaktiv voqealar va o‘yinlarni yaratish, so‘ngra esa, muhim jihati ham shundaki, Scratch sayti orqali ushbu ishlanmalar bilan butun dunyo bolalari bilan bo‘lishish mumkin.
Scratch – bu oddiy va foydalanish uchun qulay dasturlash tilidir.
2️⃣. Nima uchun bugungi kunda dasturlashni bilish muhim sanaladi?Bugungi yosh avlodda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha katta tajriba va bilimlar mavjud, lekin yangi texnologiyalar yordamida dasturlar yaratish, o‘zini yangi texnologiyalar yordamida namoyon etish bo‘yicha bu ko‘rsatkich ancha pastdir. Bu xuddi ularning texnologiya yordamida o‘qishni bilishi, lekin shu texnologiyalar yordamida yoza olmasliklari bilan barobar.
Odamlar asta-sekin dasturlash ko‘nikmalari muhim ekanligini anglab yetishmoqda. Dasturlash bolalar oldida ko‘plab yangi qirralarni, o‘rganish uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Bu xuddi o‘qish va yozish bilan bo‘lgandagi kabi: agar siz o‘qish va yozishni bilsangiz, siz ko‘plab yangi narsalarni bilib olishingiz mumkin. Avvaliga siz o‘qishni o‘rganasiz, keyin esa o‘rganish uchun o‘qiysiz. Dasturlash bilan ham xuddi shunday: avvaliga siz dasturlashni o‘rganasiz, so‘ngra esa o‘rganish uchun dasturlaysiz. Raqamli olamda eng muhim va zaruriy til bu dasturlash tili hisoblanadi.
Dasturlash – bu ikkinchi savodxonlikdir.
3️⃣. Agar farzandim dasturchi bo‘lishni xohlamasachi?Biror kishi fikr yuritishni biladi deganda, odatda rivojlangan algoritmik fikrlash nazarda tutiladi. Ushbu turdagi fikrlash ko‘plab bilim va ko‘nikmalarni, jumladan, maktab fanlarini o‘zlashtirishda katta yordam beradi. To‘g‘ri, optimal algoritmlar bilan fikrlash, har bir narsani tezroq va muhimi yanada sifatliroq qilib bajarishda yordam beradi. “Kundalik” muammolarni yechishda vaqt sinovidan o‘tgan algoritmlar yordamida “hayotni o‘rganuvchi” ko‘plab yoshlar o‘zlarida tengqurlariga nisbatan ko‘proq ishonch his etadi va har qanday qiyinchiliklarni oson bartaraf etadi.
Algoritmlar tuzilishini anglash va ularni qurish bilan informatika shug‘ullanadi. Informatika shuningdek ularning xususiyatlarini o‘rganadi. Informatika va dasturlash bilan bog‘liq bo‘lgan fanlarni o‘rganish algoritmik fikrlashni eng yaxshi usulda rivojlantirishi mumkinligini esa mantiqan tasavvur qilish qiyin emas. O‘rganuvchilarning rivojlangan algoritmik fikrlashi ustida ishlash qanchalik erta boshlansa, shunchalik samarali davom etadi.