TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2926 4.33K
​​#iOS #android #maslahat

Owy – sizga qarzdorlarni eslatuvchi ilova!

Tinib-tinchimagan dasturchilar antiqa ilovani ishlab chiqishdi – u kimga qarz berganingizni eslatib turadi. Nima ham derdik, bu tezkor zamonda shu ham bir zarurat...

Uning ishlashi ham oddiygina: kimgadir qarzga pul bersangiz, yo biror buyumingizni berib tursangiz, o‘sha zahotiyoq Owy ilovasida bu haqda kartochka ochasiz. Uning sarlavhasini kiritasiz, qarzdorning kontakt ma’lumotlarini va qachon berganingizni yozib qo‘yasiz.

Bir hafta o‘tib, Owy sizga eslatma yuboradi – unda o‘sha buyum yoki pulingizni o‘z vaqtida olishni unutmasligingiz tavsiya etiladi. Shu eslatmani u qarzdor tomonga ham – smartfoniga o‘rnatilgan istalgan messenjer yoki pochta dasturiga jo‘natadi. Qarabsizki, “Esimdan chiqib qolibdi, o‘rtoq…” yoki “Yo‘g‘e, qachon olgandim o‘zi?” kabi bahonalarga asos qolmaydi.

Yaxshi tomoni shundaki, Owy – bepul ilova bo‘lib, unga istalgan miqdordagi eslatma kartochkalarini kiritsa bo‘ladi. Asosiysi – birovga biror nimani qarzga berayotib, ilovada shuni qayd etib qo‘yishni unutmasangiz bas.

Ilova iOS hamda Android tizimli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan, ammo hozircha unda rus tili yo‘q.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →