TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2917 4.45K
#english #mulohaza_uchun #maslahat

Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat 🇺🇸🇬🇧🤔

Ko‘pchilik ingliz tilini faqat grammatik qoidalar yodlash va mashqlar bajarish orqali o‘rganish mumkin deb o‘ylashadi. Bu to‘g‘ri gap, lekin bunga juda uzoooq vaqt, kuchli sabab va tog‘dek bardosh kerak bo‘ladi.

Hech o‘ylab, qiziqib internetdan qidirib ko‘rganmisiz, grammatikani osonroq o‘rganish yo‘llari bormikan? Umuman qoida yodlamasdan va hech qanday zerikarli mashqlarni yechmasdan o‘rganish yo‘li bo‘lsachi?

Biz axborot asrida yashayapmiz va hayot tarzimiz keskin shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. 5 yil oldin mashhur bo‘lgan telefonni hozir birov bir tiyinga olmaydi. 10 yil oldingi mashhur bo‘lgan avtomobillarni hozir odam haydashga uyaladi. 10 yil oldin internet deyarli hech kimda bo‘lmagan, hozir esa bobojon va buvijonlar ham Telegram’dan foydalanishadi.

Shunaqa katta o‘zgarishlar bo‘lib turgan bir paytda ta’lim sohasiga kelganda, ayniqsa til o‘rganishga kelganda hali ham eski hammom eski toz. Hammani hayolida ertayu kech so‘z yodlash va grammatik mashqlarni bajarish. Biror-bir inson (ayniqsa ingliz tilini sal pal biladiganlar) Google’ga kirib “The easiest way to learn English” yoki “How to learn English naturally?” yoki “How to learn English easily?” deb qidirib ko‘rmaydi va kim nima desa ishonib, “Rostdan ham til o‘rganish qiyindeee” deb o‘zini qiynab yuradi.

Aqlli insonlar “Don’t just buy my words! Do your due diligence!” deyishadi.

⚠️
Due diligence - the research done before entering into an agreement with another party.

Ikkinchi tomon bilan kelishuvni boshlashdan oldin yaxshilab izlanish. Yuqoridagi jumlaning tarjimasi “Meni gaplarimga ishonib ketavermang! O‘zingiz yaxshilab izlanib ko‘ring! (gapni to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun)” Sizga ham xuddi shuni maslahat bergan bo‘lardim.

Birovni gapiga ishonishdan oldin o‘zingizga savol bering. Shu inson men xohlagandek, havas qilgandek gapira olyaptimi o‘zi ingliz tilida? Ingliz tilini qanday o‘rgangan, mustaqilmi yoki o‘quv kurslari yordamida? Mendan uyalgani uchun hech narsani berkitmayaptimi? Ba’zilar ingliz tilini yillab o‘rganib yurganidan uyalib “IELTS’dan 7.0 olibsiz, qancha muddatda oldingiz?” deb so‘rasangiz “2-3 oyda” deb javob beradi. Vaholanki u maktabda birinchi sinfdan repetitorga borib yurgan yoki maxsus maktabda o‘qigan bo‘ladi va buni sizga aytmaydi, chunki aytsa u qahramonlik darajasidan tushib qoladi.
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →