TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2862 3.59K
​​#telegram #internet #mulohaza_uchun

Telegram asoschisi Durov: “Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?” 🤔

Kuni kecha Isroilning NSO Group kompaniyasi WhatsApp himoyasidagi “tuynuk”dan foydalanib kelayotgani haqida xabar bergandik. Mazkur kompaniya o‘zi aynan josuslik dasturlarini ishlab chiqarishi bilan mashhur.

Shu mashmashalar ortidan VKontakte ijtimoiy tarmog‘ining hamda Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov ham “Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?” sarlavhali postida ushbu messenjerni qattiq tanqid qildi.

Durovning ta’kidlashicha, WhatsApp’da foydalanuvchining surati, manzili va kontaktlariga kirish imkonini beruvchi “tuynuk” mavjudligi aniqlanganiga unchalik ham hayron qolmagan. Bu – WhatsApp tarixida birinchi bo‘layotgan voqea emas.

Telegram asoschisi ta’kidlagan ikkinchi kamchilik – WhatsApp dastlabki kodining yopiqligidir. Ayni shu bois uni xolis dasturchilar, xavfsizlik sohasidagi mutaxassislar tekshirib ko‘ra olishmaydi. Durovga ko‘ra, dasturchilar hatto bu messenjer kodini ataylab chalkashtirib tashlashgan – chetdan hech kim uni tushunib qolmasligi uchun. Ayni shu yondashuviga ko‘ra WhatsApp ochiq kodli Telegram messenjeriga qarama-qarshidir.

WhatsApp messenjerining egasi Facebook kompaniyasi ekanligini ham Durov yana bir bor eslatib o‘tgan – bu kompaniya AQSh Federal qidiruv byurosi bilan hamkorlikda gumon qilinadi. Durov bu taxminiga asos qilib shuni keltiradiki, Telegram’dan farqli ravishda, WhatsApp messenjeri Rossiyada va Eronda bloklanmagan. Demak – hukumat uning foydalanuvchilari yozishmalariga hamda shaxsiy ma’lumotlariga kira oladi.

Bulardan tashqari, WhatsApp’da xabarlarni shifrlash yo‘lga qo‘yilgan paytda yana bir funksiya – chatlarning zaxira nusxasini “bulutli” serverda saqlab qo‘yish imkoni ham yo‘lga qo‘yilgandi. Durovning fikricha, bu aslida tuzoq bo‘lib, shifrlangan bo‘lishiga qaramasdan, foydalanuvchilarning ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etish imkonini beradi.

WhatsApp asoschilaridan biri Facebook bilan kelishmovchilik sababli kompaniyadan ketgan, ikkinchisi esa barchaga mazkur ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini o‘chirib tashlashni maslahat bergan. Ularning ikkalasi ham kompromiss uchun “o‘z foydalanuvchilarining maxfiyligini sotishgan”ligini tan olishgan.

Va nihoyat, WhatsApp keyingi paytlarda Telegram’ga kiritilgan yangi funksiyalarni o‘zlashtirib kelayotganiga ham P.Durov e’tibor qaratgan. Bunday holat Facebook hamda uning loyihalari, jumladan – Instagram uchun oddiy holdir, deydi u.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →