TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2765 4.22K
​​#android #maslahat

Android’da xotirani bo‘shatishning 3 oddiy usuli 📲🧹

1️⃣. WhatsApp va boshqa messenjerlar xotirasini bo‘shating

WhatsApp sizga yuborilayotgan barcha media fayllarni qurilma xotirasiga saqlaydi. Bunday fayllarni tozalash orqali keraklicha makon hosil qilish mumkin.

Fayl menejeri bo‘lmagan taqdirdagi ko‘rsatma:
1. “Галерея”ni oching
2. “WhatsApp images” bo‘limiga o‘ting
3. Keraksiz rasmlarni o‘chiring

Fayl menejeri bo‘lgan taqdirdagi ko‘rsatma:
1. Fayl menejerini oching, masalan ES Проводник
2. “WhatsApp Images” katalogiga o‘ting
3. “Sent” papkasini oching va uni fayllardan tozalang

2️⃣. Ichki xotirani rasm va videolardan bo‘shating

Media fayllar qurilma xotirasidan ko‘p joy egallaydi. Bu ularni ichki xotirada saqlash muammo tug‘dirishi mumkinligini anglatadi. Bunday muammolarni chetlab o‘tish uchun rasmlarni bulutli saqlash xizmatlaridan foydalaning. Bunday xizmatlardan biri – Google.Фото

Joyni tejash uchun fayllarni avtomatik bulutga uzatishni sozlab qo‘ying.

3️⃣. Download papkasini muntazam ravishda axlatlardan tozalang

Yuklab olingan rasm, audio, o‘yinlar, hujjatlar va fayllar - bularning barchasi qurilma xotirasini to‘ldirib turadi va qurilmada keraksiz yuk bo‘lib yotishi mumkin. Umumiy tozalash ishlaring o‘tkazing va joy bo‘shating.

1. “Настройки”ga o‘ting
2. “Память”ni oching
3. “Занято” bandini tanlang va “Загрузки”ga o‘ting

❗️Izoh: Bandlarning nomi farq qilishi mumkin

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →