TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2759 4.38K
​​#operatsion_tizim #maslahat

💻 Jarayonlarni boshqarish uchun foydali dasturlar

Ctrl+Alt+Delete
klavishlar kombinatsiyasi orqali ishga tushiriluvchi vazifalar dispetcheri kompyuterda ishga tushirilgan jarayonlar, ular iste’mol qilayotgan xotirani ko‘rsatish bilan birga, ularni boshqarish imkonini beradi.

An’anaviy dispetcherdan foydalanish har doim ham qulay emas, shuning uchun sizlarga jarayonlarni nazorat qilishning qo‘shimcha vositalari bilan tanishishni tavsiya etamiz.

• Process Explorer. Odatda an’anaviy dispetcher o‘rnida ishlatiladi, chunki u vazifalarni yaxshiroq guruhlaydi. Yangi, muammoli va xavfli jarayonlar har xil ranglarda ajratib ko‘rsatiladi.

📥 Yuklab olish: Process Explorer

• AnVir Task Manager. Ushbu dastur ham jarayonlarni qulay namoyish etadi va ulardagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baholaydi. Bundan tashqari u dasturni ishlab chiqqan dasturchi va u nima uchun mo‘ljallanganligini bilish imkonini beradi.

📥 Yuklab olish: AnVir Task Manager

• Task Counter. Ushbu dastur jarayonlarni chiroyli shaklda namoyish etadi. Filtrlardan foydalanib, faqat qiziqtirayotgan jarayonlar tipini aks ettirish mumkin. Ma’lum hodisalarda vazifalarni ishga tushirish va o‘chirishni sozlab qo‘yish mumkin.

📥 Yuklab olish: Task Counter

🆓 Barcha dasturlar bepul va ko‘p joy talab etmaydi, shuning uchun ular har doim qo‘l ostingizda bo‘lishi tavsiya etiladi.

📝 Manba: @XAKEPCTBO_CHANNEL

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →