TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2668 4.48K
#mulohaza_uchun

I BOB. MUVAFFAQIYAT VA BAXTIYORLIK TARKIBI

Fikr eksang, undan harakat hosilini olasan; umringga harakat urug‘ini qadasang, undan fe’l-atvoring hosili bunyod bo‘ladi; fe’l-atvor urug‘ini sochsang, bu urug‘dan o‘zingning taqdiring unib chiqadi.

MUVAFFAQIYAT QOZONISH NIMANI ANGLATADI? 🤔

“Muvaffaqiyat, bu – yerga urilgach, iloji boricha balandroqqa sakrash degani”.
Jorj Patton

“Muvaffaqiyat, bu – xohlaganingga erishish, baxtiyorlik esa erishayotganingni xohlash demakdir”.
Deyl Karnegi

“Muvaffaqiyat, bu – muvaffaqiyatsizlikda ham zavq-shavqni yo‘qotmay olg‘a borish degani”.
Uinston Cherchill

“Agar biz muvaffaqiyatsizlikka diqqat qilsak, undan muvaffaqiyatni o‘rganishimiz mumkin”.
Malkolm Forbes

“Muvaffaqiyatning siri oddiy: sen qo‘lingdan kelgan eng yaxshi ishni sidqidildan ado et”.
Sem Yuing

“Men muvaffaqiyat kalitini bilmayman. Ammo hammadan iltimos qilaverish muvaffaqiyatsizlikning sababchisi ekanidan xabarim bor”.
Bill Kozbi

“Muvaffaqiyat harakat bilan hisob-kitob qiladi”.
Sofokl

“Muvaffaqiyatning yagona siri – odamlar ko‘ngliga yo‘l topishdir”.
Teodor Ruzvelt

“Men muvaffaqiyatsizlikni kutib tura olmayman. Yaxshisi, uningsiz olg‘a davom etaman”.
Jonatan Uinters

“Erta uyg‘onish, qattiq mehnat, me’yorda ovqatlanish – bular muvaffaqiyat formulasidir”.
J. Paul Getti

“Har qanday muvaffaqiyatning kaliti – harakatdir”.
Pablo Pikasso

Kimdir bu dunyoga o‘zgarish uchun keladi. Kimdir hayoti chog‘ida dunyoni o‘zgartiradi. Kimdir esa, har kuni o‘zgaradi.

Bizning kundalik sa’y harakatlarimiz, maqsadimiz baxtiyor yashashni ko‘zlaydi. Baxtiyorlik – mehnat tufayli ro‘y beradigan hodisa. Odamlarning aytishicha, pul baxtning kaliti emas. Lekin agar pulingiz bo‘lsa, siz mana shu baxt kalitini yasab olishingiz mumkin. Aslida mol-dunyoga egalik qilish baxt degani emas. Baxtiyorlik, bu – yaratuvchanlik hissidan lazzatlanishdir. Muvvafaqiyat esa, mana shuni his qilish. Hadeb baxt izlaganing bilan baxtiyor bo‘lib qolmaysan. Hayotdan faqatgina ma’no izlasang, yashay olmaysan.

Bir qaraganda hayotda muvaffaqiyat qozonish, g‘olib bo‘lish oddiy hodisaga o‘xshab ko‘rinadi. Shunchaki shuuringda “g‘olib bo‘lish tugmasi”ni bosasan va dovyuraklik bilan olg‘a boraverasan. Albatta, g‘olib bo‘lish doimo huzurbaxsh. Biroq, g‘oliblik bu – maqsadning mohiyati emas. Maqsadning mohiyati – bu g‘olib bo‘lish uchun ichimizda uyg‘ongan istak, orqaga chekinmaslik ruhidir.

Har kim muvaffaqiyat omilini o‘zicha tasavvur qiladi. Kim uchun muvaffaqiyatning yagona siri odamlar ko‘ngliga yo‘l topish bo‘lsa, boshqalar uchun erta uyg‘onish, qattiq mehnat qilish – bu muvaffaqiyatning tarkibidir.

Muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatlarining muhim omili sifatida ularning o‘z hayotida muhim o‘rin egallagan insonlarni aytishadi. Xususan, XX asrning atoqli siyosatchilaridan biri bo‘lgan Harold Makmillanning fikricha, biror bir erkak ayolning e’tiborisiz muvaffaqiyat qozona olmaydi. Bu ona yoki turmush o‘rtog‘i bo‘lishi mumkin. Agar erkak ularning ikkalasidan ham mehr-e’tibor olib tursa, demak, Xudo uni ikki marta omadli qilib yaratgan bo‘ladi.

Aksariyat muvaffaqiyatli insonlar hayotini sinchiklab o‘rgansangiz, hayot ularni qiyinchiliklar bilan qanchalar toblaganini ko‘rasiz. Ularning avvalgi va keyingi hayotlarini solishtirar ekansiz, tunning eng qorong‘u lahzalari tong otishidan bir necha daqiqa avvalroq sodir bo‘ladi, degan hikmatni anglaysiz. Siz muvaffaqiyat yetti marta qulab, sakkizinchi marotaba oyoqqa turish ekanini tushuna boshlaysiz.

Muvaffaqiyat qozonish kim uchundir ulkan boylikka ega bo‘lishni anglatsa, ayrim insonlar nazdida muvaffaqiyat, bu – o‘z sohasida tan olinish demak. Odamlarning aksariyati uchun salomatlik ham bir muvaffaqiyat. Kim uchundir oilaviy baxt, o‘z ishidan qanoatlanish hamda xotirjam umrguzaronlik qilish muvaffaqiyatdir.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖
Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →