TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2625 6.03K
​​#ict_news #security #mulohaza_uchun

Internet-trafik va smartfon quvvatini «yeb tashlaydigan» virus topildi

DrainerBot deb nomlangan murakkab firibgarlik kampaniyasi aniqlandi, u Android’dagi mobil qurilmalardan internet-trafikni yashirincha sarflaydi. U haqda Oracle’ga tegishli bo‘lgan Moat kompaniyasi xodimlari xabar qilgan.

Topilgan zararli kod yuzlab mobil ilovalarga joylashtirilgan. Ular qurilmalarda yashirin reklamalarni, asosan, videoroliklarni ishga tushiradi.

Bunday dasturlarning muntazam ishlashi har oyda 10 gigabayt internet-trafikni sarflaydi. Shuningdek, zararli dastur ishlamayotgan bo‘lsa ham, qurilma quvvatni tezda yo‘qotadi.

Foydalanuvchi hech qachon o‘z gadjeti zararlangani haqida bilmaydi, sababi reklamalar ekranda ko‘rinmaydi. Zararlangan ilovalar orqasida quyidagilar bor: 4 Seasons (Full), VertexClub, Perfect365, Touch 'n' Beat - Cinema va Draw Clash of Clans.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Android qurilmaning har bir egasi gadjeti qizib ketayotgani va quvvati tez ketayotganidan ehtiyot bo‘lishi lozim. Shuningdek, ishlashning sekinlashuvi yoki tez-tez qayta yuklash hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash ham xavfli belgilar hisoblanadi.

Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →