TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2624 4.35K
​​#maslahat

🎧 Quloqchinlarni qanday tozalash mumkin?

Quloqchinlaringizni oxirgi marta qachon tozaladingiz? "Layfxaker" quloqchinlarga ziyon yetkazmay, chang va kirlardan qanday tozalash mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Bugungi kunda quloqchinlardan deyarli har kuni foydalanamiz: ishga yoki o‘qishga ketayotganda va u yerdan qaytayotganda. Quloqchinlarni sumkadan yoki cho‘ntagimizdan olayotganimizda, odatda ularning tozaligiga e’tibor bermaymiz.

Agar quloqchinlaringizni birovga berib tursangiz, ular bir kishidan boshqasiga bakteriya tashishi mumkin. Natijada bu quloq infeksiyasiga olib kelishi mumkin. Tabiiyki, ularni ozoda saqlash kerak, lekin qanday qilib?

Quyida bu borada bir necha taklif beriladi.

Quloqchinlarni tozalash uchun iliq suv va sovun to‘g‘ri keladi. Shuningdek idish yuvish vositalaridan ham foydalanish mumkin.

Bir parcha yumshoq mato va ozgina sovunli suv ham quloqchinlarni yaxshi tozalaydi. Sovunning haddan tashqari ko‘p bo‘lishi quloqchinlarda iz qoldiradi. Shu bois ularni vodorod peroksid bilan artib tashlash yaxshi natija beradi.

Agar quloqchinlarning ichki qismida chang yoki kir yig‘ilgan bo‘lsa, uni eski tish cho‘tkasida tozalab ko‘ring.

Agar quloqchinlarning ajraluvchi silikon qismi bo‘lsa, uni alohida olib, yuvib tashlang.

Quloqchinlarni hech qachon suvga solmang, hatto bir soniyaga ham.

Unutmang! Quloqchinlarni faqat qurilmadan ajratilgan holatda tozalang.

Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →