TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2267 5.55K
​​#android #smartfon

Kursor yordamida Android-smartfonni boshqarishni osonlashtirish📱

📈 Qariyb barcha smartfon ishlab chiqaruvchilarida kuzatilgan displey uzunligining ortishi trendi, foydalanuvchilarning fikriga qaraganda interfeys bilan muloqot qilishdagi qulaylikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

🖐 Haqiqatan ham shunday, smartfonni boshqarish barmoqlarga qo‘shimcha yuklama hosil qilibgina qolmay, apparatning to‘satdan qo‘ldan tushirib yuborilishi xavfini ham oshiradi. Mijozlardagi bu kabi noqulayliklarning oldini olish maqsadida Apple Rechability funksiyasini o‘ylab topdi, Google esa, bundan farqli o‘laroq ushbu vazifani boshqa ishlab chiqaruvchilarga qo‘yib berdi.

▪️ NiftyUI studiyasi dasturchilaridan Reachability Cursor ilovasi foydalanuvchilarga odatiy hisoblangan kompyuter kursorini Androidga o‘tkazadi, u operatsion tizim va boshqa dasturlardagi uzoqroqda joylashgan elementlarga qo‘l bilan cho‘zilishning o‘rniga, buni kursor bilan amalga oshirish imkonini beradi.

Androidga kursorni qo‘shish

1️⃣ Reachability Cursor ilovasini Google Play’dan yuklab olish va o‘rnatish

2️⃣ Ilova o‘rnatilganidan so‘ng, ekranning o‘ng yoki chapki chetiga joylashib oluvchi kichik aylanasimon soha hosil bo‘ladi va tachpad rolini bajaradi. Unga teginish kursorni faollashtiradi, uni esa kichik amplituda bilan barmoqni interfeys bo‘ylab harakatlantirish orqali siljitish mumkin. Haqiqiysi singari, dasturiy tachpad ham nafaqat kursorni siljitish va bosish, balki pastga/yuqoriga harakatlantirish (прокручивание) imo-ishoralarini va uzoq muddat tutib turishlarni (удерживание) ta’minlaydi.

❗️Agar foydalanuvchi joiz deb bilsa, tachpadni o‘z xohishiga binoan sozlab olishi mumkin.

✅ uning o‘lchamini o‘zgartirish,
✅ taktil murojaatni qo‘shish,
✅ uning mustaqil tarzda ekrandan g‘oyib bo‘lishi uchun harakatsizlik muddatini belgilash,
✅ kursor rangini sozlab olish va qurilmada amalga oshiriladigan harakatlarga muvofiq aks etuvchi turli effektlarni qo‘shish.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →