TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2170 5.32K
​​#telegramda_kanal_yuritish

Nega aynan Telegram? TG kelajagi.

Ko‘pchilik mendan bir savolni qayta-qayta so‘rashmoqda, so‘rab kelishgan va aminmanki hali yana ko‘p so‘rashadi: "Nega endi aynan Telegram?"

Javobim oddiy: bu biznes uchun eng zo‘r platforma. Keling, shunchaki Telegram’ning raqobatchilariga bir nazar tashlaymiz:

▪️VKontakte - pabliklar va guruhlar shunchaki Telegram’dagi kabi ko‘rishlar sonini to‘play olmaydi. Shuning uchun ham reklama narxi Telegram’da VK’ga nisbatan yuqori. Mening jig‘imga teguvchi yana bir jihat - bu izohlar qoldirish imkoniyatidir. Mohiyatan bu unchalik ham yomon emas. Lekin har xil turdagi odamlar va ularning izohlari tufayli potensial obunachi/mijoz sizni shunchaki e’tiboridan qochiradi, o‘tkazib yuboradi yoki shunchaki tark etadi;

▪️WhatsApp - deyarli yangilanishlar yo‘q. Zerikarli, tez-tez qotuvchi va noqulay;

▪️Instagram - Telegram’ning eng zo‘r raqobatchisi deyish mumkin. Lekin uni tom ma’nodagi raqobatchi deb bo‘lmaydi, shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, biznesni Instagram bilan bir qatorda Telegram’da rivojlantirish mumkin va zarur. Biroq VKontakte bilan bo‘lgani kabi muammo - aqlli tasma (умная лента). Sizning postingizni shunchaki ko‘rmasliklari mumkin, bu esa bog‘liqlikning pasayishiga olib keladi;

▪️Facebook - u bilan bog‘liq so‘nggi janjallardan so‘ng men unga jiddiy qaramay qo‘ydim. + Hech qanday radikal yangilanishlar yo‘q;

▪️WeChat - 1 mlrd. foydalanuvchi. Lekin bozorning asosiy ulushi – Xitoyga to‘g‘ri keladi. Asosiy qulayliklari aynan o‘sha yerda ishlaydi! Demak bizda u amaliy jihatdan befoydadir.

Boshqa messenjerlarni men keltirib o‘tirmadim, chunki yaqin kelajakda ularning Telegram bilan raqobatlasha olishiga ko‘zim yetmayabdi. Ayniqsa o‘sha Tam Tam.

Yana bir narsa.
🚀 Telegram - bu kelajak. Pavel Durov messenjer haqidagi takliflariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu endi shunchaki do‘stingiz bilan sizning o‘rtangizdagi yozishma emas. Bu Telegram’dagi o‘zimizning butun bir olamimiz. Yaqindagina Telegram Pasport paydo bo‘ldi, bu esa TON’ni amalga oshirishdagi birinchi qadamdir. Bu esa nihoyatda zo‘r. TON bu nima? Bu haqida keyinroq)

Hozirning o‘zida Telegram’da hamma narsa qilish mumkin: taom/mahsulotlarga buyurtma berish, turli mahsulotlarni xarid qilish, aviareyslar/mehmonxonadagi joylarga buyurtma berish, taksi chaqirish va bu hali hammasi emas! O‘zbekistonda ushbu yo‘nalish nihoyatda rivojlangan. Bu haqida ham men boshqa safar, keyingi postlarimda so‘zlab beraman)

👨🏻‍💻@itspecuz & @tgcasher
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →