TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2110 16.2K
​​#maslahat

Telegram’dagi eng yaxshi botlar

Ushbu messenjerdan foydalanuvchilarning aksariyati uning botlaridan ham xabardor bo‘lishsa kerak. Protelegram.ru sayti o‘z versiyasiga ko‘ra rus tilidagi foydali va qiziqarli bir necha botlar ro‘yxatini e’lon qilgan. Ular orasidan bizning muxlislar uchun ham kerakli bo‘lganlarini quyida qisqacha izohlari bilan tavsiya etamiz.

1️⃣ @gymbossbot – fitnes-trener va parhezshunos (dietolog) bot;

2️⃣ @pikabubestbot – ko‘ngilochar Pikabu saytidan eng yaxshi postlarga obuna boti;

3️⃣ @deagle_bot – bugungi kun bilan bog‘liq barcha bayram va tarixiy voqealarni biladigan bot;

4️⃣ @MStickersBot – istalgan matnni yuborsangiz, uni stikerga aylantirib beradi;

5️⃣ @top3000bot – inglizcha so‘zlarni o‘rganyapsizmi? Mana shu bot eng ommabop 3000 tacha so‘zning inglizchasini biladi;

6️⃣ @LifeHackerRuBot – lifehacker.ru sayti navigatori, komiks va mushukchalari ham bor;

7️⃣ @sonnik_bot – tushlarga ishonuvchilar uchun ta’birchi bot. Tushingizga nima kirganini yozib yuborsangiz, uni ta’birlab beradi;

8️⃣ @cocktailbestbot – kokteyllar retseptlarini, shuningdek, kayfiyatingizga qarab kokteyl tanlab beradi;

9️⃣ @Photo_editor_bot – Fotomuharrir: kadrni sozlash, rasmni aylantirish, turli effektlar qo‘shish, gardishga solish va boshqa funksiyalari bor;

1️⃣0️⃣ @JavaDocsBot – dasturlashni o‘rganayotganlar uchun kerakli – Java bo‘yicha qo‘llanmalar;

1️⃣1️⃣ @docphpbot – dasturchilar uchun yana bir bot, PHP funksiyalari bo‘yicha ma’lumotnoma;

1️⃣2️⃣ @transnow_bot – ruscha-inglizcha va inglizcha-ruscha tarjimon. Inglizchadagi fraza shaklidagi fe’llarni yaxshi bilishi bilan ham tanilgan;

1️⃣3️⃣ @vk_bot – VKontakte tarmog‘i bilan integratsiya: do‘stlar, musiqa, videolar, guruhlar va fotosuratlar ro‘yxati bo‘yicha qidiruv;

1️⃣4️⃣ @synonim_bot – ruschadagi biror so‘zni yuborsangiz, uning sinonimlarini jo‘natadi;

1️⃣5️⃣ @kinomanbot – onlayn tarzda ko‘rish uchun serial yoki badiiy film tanlab beradi. Torrentlardagi yangi filmlar, kino olamidagi yangiliklar, shu mavzudagi o‘yinlar… – hammasi shu bitta botda;

1️⃣6️⃣ @InstaRusBot – Instagramdan suratni ko‘chirib olishga yordam beradi;

1️⃣7️⃣ @ijokingbot – Kayfiyatni ko‘tarish kerakmidi? Mana shu botga istalgan matnni yuboring – javoban qiziqarli voqea yoki latifa jo‘natadi;

1️⃣8️⃣ @baneksbot – so‘rovga ko‘ra latifa, latifalar bo‘yicha qidiruv, turli vaqt oralig‘ida mashhur bo‘lgan latifalar – mana shu botda;

1️⃣9️⃣ @accentsbot – ruscha so‘zlarda urg‘u qaysi bo‘g‘inga qo‘yilishini bilmay qiynalasizmi? Unda bu bot aynan siz uchun!

2️⃣0️⃣ @topdf_bot – matnli yoki rasm-fayllarni PDF formatiga o‘girib beradi. Ruscha tili yo‘q, ammo til kerak ham emas – faylni yuborsangiz bas;

2️⃣1️⃣ @DrWebBot – fayllar (10 MBgacha) va havolalarda viruslar bor-yo‘qligini tekshirib beradi. Biror virus xavfi bo‘lsa, Dr.Web saytidagi shu xavf haqidagi sahifaga yo‘llovchi havola beradi;

2️⃣2️⃣ @ytranslatebot – inglizchadan ruschaga va aksincha yo‘nalishdagi tarjimon. Shunchaki, matnni yuboring – bot uning tilini aniqlab, narigi tilga o‘girib beradi;

2️⃣3️⃣ @mycookbot – Pazanda-bot. Sizda bor masalliqlardan kelib chiqib retsept tanlaydi va taom nomlariga ko‘ra retseptlarni topib beradi;

2️⃣4️⃣ @MyTeleCloudBot – Telegramdagi cheksiz “bulutli” server. To‘g‘ri, messenjerda o‘zingizga xabar yuborish funksiyasi orqali ham fayllaringizni saqlashingiz mumkin. Ammo bu botda yana fayllarni toifalariga ko‘ra saralash imkoni ham bor;

2️⃣5️⃣ @AIPrismaBot – App Store va Google Play reytinglarida birinchi o‘rinlarni olgan Prisma ilovasining rasmiy boti. Fotosuratlaringiz va boshqa rasmlarni neyrotarmoqlar vositasida qayta ishlaydi, ularni mashhur rassomlar uslubiga solib beradi;

2️⃣6️⃣ @ya – mashhur Yandeks saytining rasmiy boti. Imkoniyatlariga ko‘ra eng zo‘r rusiyzabon bot. Uning yordamida Yandeksning istalgan servisidan biridan foydalansa bo‘ladi.

📝 DiMaX: Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
  • 👍 4
  • 🔥 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →