TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2079 8.08K
​​#android

Android’dan avtomobilda foydalanish 🚘

🚗 Android Auto funksiyasi birinchi marta ommaga tanishtirilganida, u smartfonning cheklangan miqdordagi imkoniyatlaridan foydalanishga ruxsat beruvchi, avtomobilning multimedia tizimi va smartfon o‘rtasida aloqani ta’minlash uchun xizmat qilgan. Ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlovchi yangi rusumdagi avtomobil kerak bo‘lgan. Bu imkoniyat esa hammada ham bo‘lmaganligi uchun Android Auto haqida ko‘pchilik unutayozdi. Biroq ushbu xizmat rivojlanishda davom etdi va bugun u har qanday transport vositasi haydovchilari uchun mos keladi.

🚦Endi siz – Android Auto’dan foydalanish uchun yangi rusumdagi avtomobilga ega bo‘lishingiz shart emas. Bugun, smartfonni avtomobil ushlagichiga qistirgan holda, maxsus mobil ilovasi tufayli telefon ekranida ushbu xizmatdan bemalol foydalanishingiz mumkin. Xizmat shu darajada qulayki, rulni boshqarish paytida undan foydalanmaslik uchun hech qanday sabab yo‘qdir.

Android Auto ilovasi bilan siz harakat paytida zarur bo‘luvchi barcha xizmatlarga murojaat qilishingiz mumkin:

1️⃣ Google xaritalari;
2️⃣ Dinamiklar orqali so‘zlashuv;
3️⃣ Turli striming xizmatlarida musiqalarni boshqarish;
4️⃣ Kiruvchi matnli xabarlarni tinglash va ovozli javob berish imkoniyati;
5️⃣ Avtomashinani boshqarayotganingizni bildiruvchi avtomatik javobni sozlash imkoniyati.

✅ OK, Google buyrug‘idan foydalangan holda, marshrutni qurish, qo‘ng‘iroq qilish va musiqani boshqarishni ham ovoz orqali amalga oshirish mumkin.

❗️Ilova tanlangan Bluetooth-qurilmasiga ulanganidan so‘ng avtomatik tarzda ishga tushishi mumkin. Bu sizning avtomobil stereotizimingiz yoki Bluetooth FM-transmitteringiz bo‘lishi mumkin. Boshqachasiga aytganda avtomobilga o‘tirib, uni ishga tushirishingiz zahoti, telefoningizda avtomatik tarzda Android Auto ishga tushishi mumkin.

📲 Android Auto ilovasini PlayMarket’dan yuklab olish

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →