TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2006 6.43K
​​#android

❓Android’da fondagi ilovalarni yopish kerak. Shu rostmi yoki yo‘q?

Ko‘pchilik smartfon egalarida Androidning birinchi versiyalaridan beri muntazam ravishda ilovalar dispetcheri (диспетчер приложений) klavishini bosgan holda, so‘ng – Закрыть все (yoki vazifasiga ko‘ra shunga yaqin) tugmasini bosish odat tusiga aylangan. Biroq haqiqatdan ham Android biz kutgan tarzda ishlaydimi? Maqolani o‘qishni davom eting va ilovalarni qo‘lda yopishning mantiqan to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini o‘zingiz uchun aniqlab oling.

⛔️ 1-anglashilmovchilik. Yopilmagan ilovalar fonda ishlashni davom ettiradi

Bu yolg‘on. Hozir negaligini tushuntiramiz – lekin avval biroz nazariyaga to‘xtalib o‘tsak. Deyarli har qanday Android-ilovani ikki qismga, ya’ni foydalanuvchiga ko‘rinuvchi va ko‘rinmasga ajratish mumkin. Ko‘rinadigan qismi bilan siz dastur ikonkasiga bosgan holda o‘zaro bog‘lanasiz, o‘sha paytda operativ xotirada ilovaning grafik resurslari va turli vaqtinchalik ma’lumotlar saqlanadi. Ilovalar dispetcheri ilovadagi joriy seans ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda, oxirgi ishga tushirilgan dasturlar o‘rtasida biridan boshqasiga o‘tish imkonini beradi.

Bu sizga operativ xotiraning hajmi yetarli bo‘lguniga qadar davom etadi: ishga tushurilgan dasturlar operativ xotiraning butun imkoniyatlaridan foydalanishga o‘tganida, operatsion tizim avvalroq ishga tushirilgan ilovalarni o‘zidan bo‘shatib, yangilari uchun joy hozirlaydi.

Shunda ham, dispetcher ro‘yxatidagi ilovalarni ishlab turuvchi deb atab bo‘lmaydi. Aslida, bu faqat keshlangan ma’lumotlar bo‘lib, ular hech qanday xatti-harakatni amalga oshirmaydi va faqat ular bilan ishlashga tezroq qaytishingiz uchun operativ xotirada saqlanadi.

⛔️ 2-anglashilmovchilik. Agar “fondagi” ilovalar yopilsa, unumdorlik oshiriladi

Shunday qilib, ilovalar despetcheri ro‘yxatida ko‘rib turganimiz bu faqat aysbergning uchi xolos. Biroq biz yaqin orada ishga tushirilgan ilovalarni operativ xotiradan qo‘lda chiqarib tashlash orqali ishlash unumdorligiga hissa qo‘shamizku, to‘g‘rimi? Yo‘q, bu ham yolg‘on. Dispetcher ro‘yxatini qo‘lda o‘chirish sizga operativ xotirani ko‘pi bilan 100-150 megabaytga oshirish imkonini beradi. Agar operativ xotiradan chiqarib tashlanmagan biror o‘yin bo‘lsa, balkim bundan biroz ko‘proqdir. Solishtirish uchun, hattoki fonda ishlayotgan “yog‘liqqina” Facebook ham atigi 200 Mb joy egallaydi.

Android’ning bo‘sh xotira hajmini mustaqil nazorat qilish va uzoq vaqt davomida foydalanilmagan dasturlarni chiqarib tashlash qobiliyatini inobatga olgan holda, bunday kichik yutuqqa erishish, ya’ni yaqin orada ochilgan dasturlarning ro‘yxatini qo‘lda tozalashni, garchi buning ziyoni bo‘lmasa-da, mantiqsizga aylantiradi.

✅ Endi siz Android’ning ishlab turgan ilovalarini yopishda hech qanday mazmun yo‘q ekanligini aniq biluvchi juda kam sonli Android foydalanuvchilari safiga qo‘shildingiz, deb umid qilamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →