TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1982 5.06K
​​#mulohaza_uchun

📝 O‘g‘ilning otaga bergan tarbiyasi

Uylanganimdan uch yil o‘tib farzand ko‘rdim. Darhol bola tarbiyasiga oid kitob-risolalar sotib oldim, rafiqam bilan o‘tirib ota-onamiz bizga bergan o‘git va pandlarini eslaydigan bo‘ldik.

Bola ulg‘ayarkan, unga kundalik odoblar, axloq qoidalarini o‘rgata boshladik. “Taomni o‘ng qo‘lingda ye...”, “Yotib ovqat yema...”, “O‘zingdan kattaga salom ber...”, “Hojatdan so‘ng albatta qo‘l yuvilishi kerak...”

Kunlarning birida bozordan non sotib olib, uyga piyodalab keta boshladik. O‘sha kuni tushlik qilmagandim, qornim tatalab ketyapti. Uyga borishgacha sabrim chidamay yelimxaltada turgan nonga qo‘l cho‘zdim: bir burdasi bilan qorinni aldab ketay... Qo‘lim nonga tegar-tegmas orqadan ogohlantirish keldi:

 - Dadajon, non yemoqchimisiz? Qo‘llaringizni yuvmagansiz-ku!

Darrov hushyor tortdim. Hozir nonni ushatib olishim bolamga ovqat yeyishdan oldin qo‘l yuvish kerakligi haqida bergan tarbiyamni yuvib ketishini o‘yladim.

 - Ha-ya, rost aytasan, o‘g‘lim. Qo‘llarim yuvilmagani yodimdan ko‘tarilibdi. Eslatganing uchun rahmat. Nonni uyda, qo‘llarni yuvib yeymiz...

Ayolim bilan shu haqda eslashib kulishdik. Shunda onasi bir gapni aytib qoldi:

 "Sizning har bir xatti-harakatingiz o‘g‘lingiz kuzatuvi ostida. U sizga taqlid qiladi. Iltimos, ehtiyot bo‘ling...”

Bunaqa payt inglizlarning mashhur maqoli yodga tushaveradi:

“Bolalaringizni tarbiya qilmang. Ular baribir sizga o‘xshashadi. Siz o‘zingizni tarbiya qiling”.

👨🏻‍💻@itspecuz & @farzand_uz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →