TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1953 5.33K
​​#bilasizmi #operatsion_tizim

💻 Windows’dagi “диспетчер задач” qanday o‘chiriladi?

Vazifalar dispetcheri
(диспетчер задач) kompyuterdagi jarayonlarni boshqarish imkonini beradi. Bu qurilma egasi uchun qulay, lekin dispetcherning imkoniyatlari ortida yashirin xavf bo‘lishi mumkin. Agar biror begona kimsa kompyuterga kira olsa, u kompyuterning himoyasini o‘chirib qo‘yishi yoki zararkunanda dasturni o‘rnatib qo‘yishi mumkin.

Ba’zi insonlar vazifalar dispetcherini ishga tushirishni cheklab qo‘yadi va faqatgina istisnoli holatlarda, shunda ham faqat o‘zi ruxsatni belgilaydi.

Vazifalar dispetcheri qanday o‘chiriladi?

Quyidagi 4 qadam amalga oshiriladi:

1️⃣. Пуск – Выполнить – gpedit.msc buyrug‘i kiritiladi;

2️⃣. «Конфигурация пользователя» bo‘limida «Административные шаблоны» quyi bo‘limi tanlanadi;

3️⃣. Keyin esa «Система» bandida «Варианты действий после нажатия (Возможности) Ctrl+Alt+Del» quyi bandi tanlanadi;

4️⃣. «Удалить диспетчер задач» parametri uchun «Включена» qiymati belgilanadi.

Vazifalar dispetcherini qayta yoqish

Xuddi shu qadamlarni bajarish, lekin «Не задана» qiymatini belgilash lozim. Agar administrator qayd yozuvi (учетная запись)ga parol o‘rnatilgan bo‘lsa, begona kimsa sozlamalarni o‘zgartira olmaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →