TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1909 3.5K
​​#android

Internetsiz Google Maps’dan foydalanish 🌎

Google Maps
— navigatsiya uchun eng mashhur va ishonchli xizmatlardan biri, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas. Google Maps’ga nisbatan foydalanuvchilarning asosiy e’tirozlaridan biri, bu navigatsiyaning faqat Internet bilan ishlashi va joylashuvni aks ettirish uchun juda yaxshi signalni talab qilishidir. Siz uchun yaxshi xabar, Google xaritalarini oflayn rejimda ham ishlatish mumkin. O‘qishni davom eting va buni Android smartfonida qanday amalga oshirishni bilib oling.

Google Maps xaritalaridan internetsiz foydalanish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshiring:

1️⃣ Google Maps ilovasini ishga tushiring;

2️⃣ Yuklanishi lozim bo‘lgan tuman toki joylashuvni toping;

3️⃣ Agar siz muayyan joyni izlagan bo‘lsangiz, ekranning pastki qismida nomlanishini ko‘rsatuvchi panel paydo bo‘ladi. Agar u bo‘lmasa, unda ushbu seksiyani ko‘rsatish uchun xaritaning biror joyida tugmani bosing va ushlab turing. Boshqa parametrlar ko‘rinishi uchun uning ustiga bosing;

4️⃣ So‘ngra Скачать’ga bosing;

5️⃣ Endi siz masshtabni kattalashtirish va kichraytirish orqali yuklanish sohasini mos tarzda kattalashtirishingiz yoki kichraytirishingiz mumkin;

6️⃣ Sizni qiziqtirayotgan sohani tanlaganingizdan so‘ng pastki burchakdagi Загрузить tugmasiga bosing.

✅ Xaritalaringizni yuklab olganingizdan so‘ng, siz GPS orqali, xuddi onlayn versiyadagi kabi, lekin Internetdan foydalanmasdan harakatlanishingiz va marshrutlarni aniqlashingiz mumkin. Ko‘rib turganingizdek, barchasi go‘yatda oson va qulay.

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →