TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1880 3.89K
​​#bilasizmi #smartfon

🤳🏻 “Smartfon zombilari” uchun maxsus yo‘lak barpo etildi 🤕

Bugungi kunda kishilar tobora smartfonlarga o‘rganib, shu gadjetsiz tura olmaydigan bo‘lib qolishgan. Buning salbiy jihatlari ko‘p, ammo yo‘lda smartfondan foydalanish eng xavflisi bo‘lsa kerak.

Xitoyning Sian shahrida o‘z smartfonidan ko‘z uzolmaydiganlar uchun yo‘l chetida maxsus yo‘lakcha barpo etildi. Bu loyihaga qo‘l urilishining sababi – keyingi paytlarda “smartfon zombilari” bo‘lgan piyodalarning ko‘p jarohat olayotganligidir.

Ushbu maxsus yo‘lakcha boshqa rang bilan ajratilgan, asfaltda esa telefon rasmi tushirilgan. To‘g‘ri, u hozircha kichkina – eni 80 santimetr, uzunligi atigi 100 metrga teng. Kelajakda bu loyihani kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Uning yonida – yo‘lning “oddiy” piyodalar yuradigan qismida esa, ustiga chiziq tortilgan telefon surati chizilgan. Bu – mazkur yo‘lak displeyga emas, balki oyog‘ining ostiga qaraydiganlar uchun, deganidir.

Aytish kerakki, dunyoning boshqa shaharlarida ham shunga o‘xshash yo‘laklar qilingan. Masalan, Vashingtonda ham tajriba doirasida maxsus yo‘laklar barpo etilgan, Janubiy Koreya esa undan ham jiddiy ishlar boshlagan.

📝 DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
  • 👎 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →