TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1865 3.63K
​​#word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft korporatsiyasi Word, Excel va PowerPoint dizaynini yangilaydi

Microsoft korporatsiyasi Word, Excel, Outlook va PowerPoint’ning yangi versiyasi ishlab chiqilishi haqida e’lon qildi. Kompaniya saytida ma’lum qilinishicha, yangilanishlar dasturlar dizayniga taalluqli bo‘ladi, shuningdek sun’iy intellektni qo‘llash orqali qidiruv tizimi yaxshilanadi.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, yangilanishlar kelasi bir necha oy ichida ishlab chiqiladi va ular “kuch-qudrat va oddiylik muvozanati asosidagi yangi ish madaniyati uchun” mo‘ljallangan.

Yangilanish birinchi navbatda Word’ning Office.com uchun veb-versiyasida bo‘ladi, iyun oyi oxirida foydalanuvchilar Windows uchun yangi Word, Excel va PowerPoint yangi versiyasini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Yana bir oydan keyin Windows uchun Outlook ham yangilanadi, avgustda Mac uchun yangi Outlook paydo bo‘ladi.

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →