TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1858 4.61K
​​#mulohaza_uchun

Hamma narsa juda tez o‘zgarmoqda, shunga nima deysiz? Buni his qilishingiz uchun esa Sizlarning e’tiboringizga bir nechta tarixiy fikrlarni keltirib o‘tmoqchimiz:

🖌 O‘ylashimcha, jahon bozorida biz beshta kompyuterga bo‘lgan talabni topishimiz mumkin. (Thomas Watson – IBM kompaniyasi direktori, 1943 yil)

🖌 Kelgusida kompyuterlarning vazni 1.5 tonnadan vazbinroq bo‘ladi. (Popular Mechanics, 1949 yil)

🖌 Men bu mamlakatni boshdan oyoq kezib chiqdim, eng zukko insonlar bilan muloqot qildim va ishonch bilan shuni aytmoqchimanki, ma’lumotlarni qayta ishlash – bu hayotiy davri bir yilga ham yetib bormaydigan vaqtinchalik modaning bir turidir. (Prentice Hall, 1957 yil)

🖌 Bu mataxning nima foydasi bo‘lishi mumkin? (Advanced Computing Systems Division of IBM'da mikrochip yaratish muhokamasidagi masala, 1968 yil)

🖌 Hech kimda o‘z uyida kompyuter bo‘lishi ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin emas. (Ken Olson – Digital Equipment Corp. korporatsiyasi asoschisi va prezidenti, 1977 yil)

🖌 640Kb har bir kishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. (Bill Gates, 1981 yil)

🖌 Yigitlar, bema’nilik bilan shug‘ullanishni bas qilaylik. Shaxsiy kompyuter bo‘lishi mumkin emas. Shaxsiy avtomobil, shaxsiy pensiya, shaxsiy dalahovli bo‘lishi mumkin. Siz umuman EHM nima ekanligini bilasizmi? EHM – 100 kvadrat metr maydonni egallaydigan, har oyda xizmat ko‘rsatuvchi 25 kishilik personal va 30 litr spirt uchun muntazam harajatdir! (SSSR Radio sanoati vaziri o‘rinbosari Nikolay Gorshkov, 1980 yil)

🖌 100 million dollar – bu Microsoft kabi kompaniya uchun juda katta narxdir. (IBM, 1982 yil).

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →