TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1834 11.1K
#bilasizmi #maslahat #dasturlash

🐍 Python dasturlash tili haqida 5 fakt

Python — boshlang‘ich bosqichdagi dasturchilar uchun eng mos dasturlash tilidir. Quyida keltirilgan 5 ta dalil — buning yorqin isbotdir.

1️⃣. Python deyarli hamma joyda ishlaydi

Python deyarli hamma narsada ishlaydi, cho‘ntak kompyuterlari va smartfonlardan tortib tarmoq serverlarigacha. Phyton’ning Windows, Linux/UNIX, macOS va macOS X, iPhone OS 2.0 va undan kattaroq, Palm OS, OS/2, AS/400 va hattoki OS/390, Windows Mobile, Symbian va Android uchun versiyalari mavjud.

2️⃣. Python’ning ildizlari qadimiy

Python ustida ishlash 1980-yillarning oxirlarida boshlangan va birinchi to‘liq versiyasi 1991 yilda paydo bo‘lgan. Shunday ekan, Python o‘z balog‘at yoshini nishonlaganiga uzoq vaqt bo‘lgan. Bu yetuk va rivojlanayotgan dasturlash tilidir, ayrimlar ishonganidek — hech ham o‘lik til emas.

3️⃣. Phyton yirik kompaniyalarda ham ishlatiladi

Google, Yahoo, NASA, Industrial Light & Magic va hattoki Microsoft Python’dan foydalanishadi. Microsoft hattoki Python Developer Center’ni ochgan.

4️⃣. Python - dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biri

TIOBE ma’lumotlariga ko‘ra, Python eng mashhur dasturlash tillari reytingida beshinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda — Java, keyingi o‘rinlarda — C, C++, C# tillari oilasi. Agar bu tillarning barchasi bir deb hisoblansa, Python uchinchi o‘rindadir!

5️⃣. Python’ni o‘rganish boshqa tillarga nisbatan ancha oson

Python - oson o‘rganiladigan dasturlash tilidir. Dasturlashni ko‘p joylarda aynan shu tildan boshlash tavsiya etiladi. Bir kuni u qachonlardir Turbo Pascal egallab turgan faxriy mavqega ega bo‘ladi, degan umiddamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →