TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1721 4.2K
#maslahat #telegram #internet

Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

Ba’zida messenjerdagi biror muhim yozishmani saqlab qo‘yish zarurati tug‘ilib qoladi. To‘g‘ri, buning uchun bir nechta skrinshot olish ham mumkin, biroq yozishmalar uzun bo‘lsa, skrinshot usuli noqulaylik tug‘diradi.

Shu kabi hollarda Telegram’dagi uzundan-uzoq yozishmalarni bitta fayl tarzida saqlab olish usulini “Сетевой Вестник” kanali tavsiya etgan.

Buning uchun sizga kompyuter (yoki noutbuk) hamda unga o‘rnatilgan Chrome yoxud Firefox brauzeri kerak bo‘ladi. Kerakli yozishmani saqlab olish uchun quyidagilarni amalga oshirasiz:

1. Brauzerda Telegram’ning veb-versiyasini (web.telegram.org) ochib, o‘z akkauntingizga kirasiz.

2. Kerakli yozishma (chat)ni tanlaysiz.

3. Yozishmaning qaeridagi xabardan boshlab nusxa olish kerak bo‘lsa, o‘sha yergacha varaqlab chiqasiz. Agar chat juda uzun bo‘lsa, eng birinchi xabarga borish uchun “Home” klavishini bosib ushlab tursangiz ham bo‘ladi.

4. Brauzer menyusiga kirib, “Chop etish” (“Печать”) funksiyasini tanlaysiz.

5. Chop etish variantlari orasidan “PDF holida saqlash” (“Сохранить в PDF”)ni tanlaysiz va yozishmani fayl ko‘rinishida saqlab olasiz.

Shu tariqa, yozishmadagi barcha xabarlar – undagi suratlari, stiker va smayllar bilan birga qulay PDF formatida bitta faylda saqlanadi.

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
Telegram Сетевой Вестник Доброе утро, читатели. Сегодня подготовили для Вас, полезный лайфхак о том как сохранить переписку в Telegram. Ведь есть же случаи когда нужно сохранить важную переписку, конечно можно сделать несколько скриншотов. Но это не совсем удобно для длинных чатов.…
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →