TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1575 6.41K
​​#bilasizmi

🇷🇺Rossiyaning shaharlaridan birida o‘quvchilarni qiz va o‘g‘il bolalarga ajratib o‘qitish kutilmagan natija berdi👦🏻👧🏻

2 yil avval Rossiyaning Biysk shahridagi 20-sonli maktabda 1-sinfga kelgan o‘quvchilarni qiz va o‘g‘il bolalarga ajratib o‘qitish bo‘yicha tajriba boshlangan. Ayni vaqtda bu sinflarning o‘quvchilari 2-sinfda ta’lim olishmoqda va o‘qituvchilar ushbu tajribaning natijalarini keltirib o‘tishga qaror qilishdi.

Natija esa ham o‘qituvchilarni, ham ota-onalarni hayratda qoldirdi. Birinchidan, ikkala sinfda ham fanlarni o‘zlashtirish darajasi oshgan. Ma’lum qilinishicha, aralash sinflarda “to‘rtchilar” va “a’lochilar” o‘rtacha 50 foizni tashkil qilsa, alohida sinflarda ancha yuqoriroq bo‘lgan: “qizlar” sinfida 89 foiz, “o‘g‘il bolalar” sinfida 65 foiz.

Ikkinchidan, aralash sinflarda darslarda 40 foiz o‘quvchilar faol bo‘lsa, alohida sinflarda deyarli hamma faol bo‘lgan. Ruhshunoslar bu muvaffaqiyatni ta’lim qizlar va o‘g‘il bolalar uchun tushunarli tilda olib borilishi bilan tushuntirishmoqda: qizlar turli taqinchoqlar, yumshoq o‘yinchoqlar, gullarni muhokama qilishsa, o‘g‘il bolalarga robotlar, sport, mashinalar va boshqa shunday mavzularda suhbatlashish qiziq.

Bundan tashqari, alohida sinflarda jinslar orasida, ya’ni qizlar va o‘g‘il bolalar orasida raqiblik yo‘q, umumiy sinflarda esa o‘g‘il bolalar e’tibor jalb qilish uchun qizlarni xafa qilishlari mumkin, biroq qizlar ham ulardan qolishmaydilar. Bu esa ta’limdan chalg‘itadi. Bir ruhshunosning e’tibor qaratishicha, qizlar o‘g‘il bolalardan farqli ishga sekinroq kirishadilar, biroq o‘g‘il bolalarga nisbatan bu ishdan uzoqroq “soviydilar”. O‘g‘il bolalarda esa biror mavzu yoki buyumga qiziqish tezroq so‘nadi.

Alohida o‘qitish bolalarning ijtimoiylashuviga xalaqit qiladi, degan taxminga kelinadigan bo‘lsa, mutaxassislar buni “cho‘pchak” deb atashmoqda. Chunki ularning ta’kidlashicha, bolalar baribir birga yashashadi, ko‘chada, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishadi va hokazo. Tajribani 8-sinfgacha davom ettirishga qaror qilindi.

Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →