TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1502 9.19K
#smartfon #android

Android’da dasturchilar uchun menyuni faollashtirish ⚙️

Android operatsion tizimi juda ko‘p sozlamalari bilan mashhur. Unda qobiqning har qanday xatti-harakati va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Biroq, ushbu sozlamalarning ba’zilari oddiy foydalanuvchilarning ko‘zidan berkitilgan.

Ushbu maqolada dasturchilar uchun sozlamalar haqida gap borishiga qaramasdan, bu nomlanishdan qo‘rqish kerak emas. Ushbu bo‘limda keltirilgan ba’zi opsiyalar oddiy foydalanuvchilar uchun ham foydalidir. Qoida bo‘yicha bu bo‘lim sozlamalarda ko‘rinmaydi, ammo 3 oddiy qadam orqali buni hal qilish mumkin.

1️⃣. Android sozlamalarini oching va О телефоне bo‘limiga o‘ting.

2️⃣. Ro‘yxatning oxiriga tushing. Номер строки satrini toping.

3️⃣. Ushbu element ustiga yetti marta tezkor bosing.

Natijada, siz endi dasturchi bo‘lganingiz haqida bildirishnoma va sozlamalar menyusida tegishli bo‘lim namoyon bo‘ladi.

Dasturchilar menyusi (Меню разработчиков) bizga qurilmamizni boshqarish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni beradi. Siz amalga oshira oladigan harakatlar:

✅ Tashqi xotira qurilmalariga saqlashga ruxsat berish.
✅ Ko‘p oynali rejimni yoqish.
✅ Zaryad olayotganda ekranni o‘chirmaslik.
✅ Tizim animatsiyalarini tezlashtirish.
✅ Oq-qora ranglar rejimiga o‘tish.

Dasturchilar uchun Menyu (Меню для разработчиков)’ning bizga beradigan ushbu va boshqa opsiyalarini biz Android haqidagi keyingi maqolalarimizda ko‘rib chiqamiz.

Biz bilan birga bo‘ling!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →