TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1477 3.49K
#dasturlash #game

Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin! 🕹

Bugungi kunda eng talabgir kasblardan biri dasturchilik ekanidan xabaringiz bor. Dasturlash asoslarini o‘rganish uchun O‘zbekistonda ham ko‘plab o‘quv markazlari mavjud, shuningdek, bu borada ko‘p bilimlarni onlayn kurslar orqali yoki maxsus dasturlar yordamida ham egallash mumkin. Bu haqida DIMAX Terabayt saytida xabar bergan.

Qidiruv giganti sifatida ko‘proq tanilgan Google kompaniyasi esa, dasturlash asoslarini o‘rganishga hech qachon kech emas, degan qarorga keldi va buni osonlashtirish uchun Grasshopper ilovasini taqdim etdi. Mazkur mobil dastur JavaScript bo‘yicha boshlang‘ich kursni o‘yin tarzida taqdim etadi. Va quvonarlisi – ushbu ilova mutlaqo bepul bo‘lib, hoziroq uni mana bu havola orqali Google Play katalogidan yuklab olishingiz mumkin!

Grasshopper ishlab chiquvchilarining ta’kidlashlaricha, ular imkon qadar oddiy va qulay ilova yaratish maqsadi bilan bu dasturni tayyorlashgan. Katta yoshlilarning aksariyati aynan vaqti yetarli emasligi bois dasturlashni o‘rganishdan cho‘chishadi. Yangi ilova – ta’limiy o‘yin bilan ishlashda esa kishi o‘zini unga butkul bag‘ishlashi ham talab etilmaydi, deydi Google’ning mazkur mahsulot bo‘yicha menejeri Laura Xolms.

Ushbu ilova boshqotirmalar formatida ishlangan, ular orasidagi viktorinalarda esa ta’lim natijalarini mustahkamlash mumkin. Grasshopper foydalanuvchilari dasturchilik asoslarini istalgan vaqt va xohlagan joyda o‘rganib ketaverishlari mumkin.

Tabiiyki, Grasshopper bir kechadayoq sizdan dasturchi yasab bermaydi. Ammo u orqali shu faoliyat turi haqida yetarlicha tasavvur olishga, o‘rganishni boshlashga ko‘maklashadi. Yetarlicha harakat qilib, unda bir necha mashg‘ulot o‘tkazsangiz, siz soha atamalarini bilib olasiz, kodlarning qanday to‘g‘ri yozilishini o‘rganasiz va o‘zingiz biror yangi kod yoza oladigan bo‘lasiz.

Ushbu ta’limiy o‘yin Android 5.0 va undan keyingi talqinlardagi operatsion tizim boshqaruvi ostidagi qurilmalarda ishlaydi. Agarda qiziqsangiz, marhamat – ushbu havola orqali uni smartfoningizga o‘rnatib oling, ishlatib ko‘ring, o‘rganing...

👨🏻‍💻 @itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →