TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1437 4.99K
​​#maslahat

📢 Kompyuter bilan ishlaganda ko‘zlarni qanday asrash mumkin?

⚡️Agar tez-tez va uzoq vaqt kompyuterda ishlasangiz, ko‘rish qobiliyatingiz yomonlashishi mumkin. Texas universiteti olimlari ko‘zlarga muntazam ravishda hordiq berishni va «20-20-20-20» nomini olgan usulni qo‘llashni tavsiya etadi.

💥U juda oddiy – har 20 daqiqada ko‘zlarni ekrandan olib, 20 soniya davomida kompyuterdan 20 fut (6 metrga yaqin) masofada turgan predmetlarga qarash kerak. Shu bilan birga ko‘zlarni kamida 20 marta yumib-ochish ham lozim bo‘ladi.

AQShlik mutaxassislarning fikricha, ana shunday oddiy, biroq samarali harakatlar ko‘zlar qurishi va charchashi, shuningdek bosh va bo‘yin og‘riqlariga duch kelmaslikning imkonini beradi. Konditsionerli xonada ishlovchi odamlar ushbu qurilmaga alohida e’tibor qaratishlari lozim, chunki u havoni quritib yuboradi, bu esa ko‘zlarda qurish va achishish hissini keltirib chiqaradi.

Olimlar o‘zlari ishlab chiqqan usulning samarali ekaniga shubha qilmayapti va uni nafaqat shaxsiy kompyuter foydalanuvchilariga, balki o‘zining ko‘rish qobiliyatini asrashni xohlagan barcha kishilarga tavsiya etadi.

👨💻 @informatika
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →