TGViewer
IT PARK Capital IT PARK Capital @itparkcapital · 724 subscribers
Post #1491 147

Forwarded from StartupBase

🚀 ICT WEEK 2026 davom etmoqda: 24-sentabrda nimalar bo‘ladi?

Bugun ICT WEEK Uzbekistan 2026’ning navbatdagi kuni. Dasturda startup pitch’lar, xalqaro texnologik hamkorlik, AI davridagi transformatsiya, ayollar yetakchiligi va yangi bozorlarga chiqishga bag‘ishlangan tadbirlar bor.

Kunning asosiy tadbirlarini saqlab qo‘ying 👇

🏆 Startup World Cup Uzbekistan Regional Final

⏰ 10:00–18:00 | 📍 CAEx, Hall 1
15 ta finalist startup xalqaro hakamlar hay’ati oldida pitch qiladi. G‘olib San-Fransiskodagi Startup World Cup Grand Finale yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Dasturda startup pitch’lar, investor va ekspertlarning chiqishlari, AI va global startup trendlariga bag‘ishlangan panel sessiyalar hamda yakuniy taqdirlash marosimi bo‘ladi.


🌍 Uzbekistan – Middle East Tech Summit

⏰ 10:00–13:30 | 📍 CAEx, Hall 3
O‘zbekiston va Yaqin Sharq texnologik ekotizimlarini bog‘laydigan xalqaro sammit. Unda investitsiyalar, IT eksporti, Markaziy Osiyo startaplari, Yaqin Sharq kompaniyalarining O‘zbekistondagi tajribasi va yangi texnologik hamkorliklar muhokama qilinadi.


🤖 Change Management in AI Era

⏰ 11:30–12:00 | 📍 CAEx, Hall 2
AI davrida kompaniyalar, jamoalar va biznes jarayonlari qanday o‘zgarishi kerak? Sessiya texnologik transformatsiyaga moslashish va change management masalalariga bag‘ishlanadi.


👩‍💻 SABRIYA

⏰ 15:00 | 📍 IT Park Complex, Congress Hall
Ayollarning raqamli tadbirkorlik, texnologik yetakchilik va innovatsiyalardagi roliga bag‘ishlangan maxsus tadbir. Dasturda ilhomlantiruvchi ma’ruzalar, interaktiv sessiyalar, ochiq muloqot va “Yetakchilik” mukofotlari bor.


🔧 Bugungi amaliy workshop’lar

🇺🇸 AQSh bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan founderlar uchun vorkshop

⏰ 11:00–12:30 | 📍 Founders Hub
O-1A, L-1A va L-1B vizalari, founderlar va asosiy xodimlarni AQShga relokatsiya qilish, hamda bozorga chiqishda immigratsiya strategiyasini oldindan rejalashtirish haqida amaliy sessiya.


🇨🇳 Gateway to Growth: China & Hong Kong

⏰ 14:30–16:30 | 📍 School 21
Xitoy va Hong Kong bozorlariga kirish, soft landing, Alibaba/Qwen Cloud imkoniyatlari, HKSTP va Cyberport ekotizimlari hamda real market-entry case’lari muhokama qilinadi.


🟢 IT Park Uzbekistan stendida

Kun davomida booth’da ham aktivitilar davom etadi:

🔵10:00–12:00 — Agentic Football with AWS
🔵12:00–13:00 — Invest Quiz with IT Park Ventures
🔵14:00–15:00 — Capital Hoot with IT Park Capital
🔵15:00–16:00 — AWS Quiz
🔵16:00–17:00 — Gitex AI Presentation by IT Park Ventures


🖥 Batafsil dastur bilan tanishing

✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 StartupBase bilan voqealar markazida bo‘ling.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🤝 1
More from @itparkcapital
  1. Sep 25, 2026IT PARK Capital pinned a video
  2. Sep 25, 2026“ICT WEEK UZBEKISTAN – 2026” XALQARO FORUMI 🗓 24.09.2026 ⏰ 15:00 📍Toshkent shahri 🌐 Tel…
  3. Sep 25, 2026IT Park Capital ta’lim uchun raqamli bo‘lib to‘lash platformasi — “Bilim+” loyihasini taqd…
  4. Sep 25, 2026🗣 Bilol Tursunov The Disruptor Magazine’ga intervyu berdi — 🗣 Bilol Tursunov gives an in…
  5. Sep 25, 2026Post #1497
  6. Sep 24, 2026Please share the video from today's ICT Week opening ceremony to invite more of your partn…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →