TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21592 391

Forwarded from StartupBase

🇵🇹 Nega Portugaliyadan kelgan startap O‘zbekiston hududlari bilan ishlamoqda?

Portugaliyaning Delta Y startapi hukumatlar va hududlarga mavjud ma’lumotlardan samarali foydalanish va ular asosida yaxshiroq qarorlar qabul qilishga yordam beruvchi data va AI yechimlarini ishlab chiqadi.

📝 Delta Y asoschilaridan kompaniyaning O‘zbekistonga qiziqishi, Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorligi va hudud ma’lumotlarini tahlil qilish uchun yaratilayotgan platforma haqida so‘radik.

Suhbatda, shuningdek, Andijonning raqamli egizagi (digital twin), sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish, kompaniyaning Farg‘ona, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax kabi hududlar bilan hamkorlik rejalari hamda Delta Y'ning O‘zbekiston rivojiga qo‘shmoqchi bo‘lgan hissasi haqida gaplashdik.

👉 Suhbatni YouTube’da tomosha qiling

Eslatib o‘tamiz, Delta Y startapi ICTWeek doirasida o‘tkazilgan Global Startup Ecosystem Awards 2026 tadbirida hamkor sifatida ishtirok etdi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • 👏 1
More from @itpark_uz
  1. Oct 3, 2026🇵🇹 Digital Uzbekistan – Web Summit: Yevropa bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan startaplar uchun…
  2. Oct 2, 2026Post #21591
  3. Oct 2, 2026🇺🇿🇺🇸Vashingtonda ilk O‘zbekiston–AQSh transport va logistika forumi bo‘lib o‘tdi 29-se…
  4. Oct 1, 2026👍 Xalqaro IT liderlari Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yangi imkoniyatlarni o‘rgandi ✨ "ICT…
  5. Oct 1, 2026✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Xorazmga 30 dan ortiq xorijiy investorlar hamda bizne…
  6. Oct 1, 2026🎓 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni Raqamli dunyo yangi imkoniyatlar sari intilar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →