TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21333 668

Forwarded from StartupBase

🇯🇵 IT Park Uzbekistan va Headline Asia VC venchur hamkorlik va Markaziy Osiyoda kengayish imkoniyatlarini muhokama qildi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan vakillari va Headline Asia VC hamkori Kazuhiro Oyoshi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekiston startap ekotizimi, venchur investitsiyalar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

🌎 Uchrashuv davomida Headline’ning turli mintaqalarda faoliyat yuritishi hisobga olinib, kelgusida Markaziy Osiyo bo‘yicha ofis ochish va uning bosh qarorgohini Toshkentda joylashtirish imkoniyati muhokama qilindi.

🇯🇵 Shuningdek, Yaponiyada o‘zbekistonlik founderlar tomonidan yaratilgan startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ularga investitsiya jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tomonlar bunday jamoalarni Headline Asia’ning investorlar va hamkorlar tarmog‘i bilan bog‘lash istiqbollarini muhokama qildi.

Headline Asia VC — Tokioda joylashgan, asosan Seed va Series A bosqichidagi texnologik startaplarga investitsiya qiluvchi venchur fond. Kompaniya e-commerce, logistika, fintech, AI va boshqa texnologik yo‘nalishlarga e’tibor qaratadi hamda 100 dan ortiq startapga investitsiya kiritgan.

🚀 Tomonlar, shuningdek, Headline Asia’ning O‘zbekistondagi potensial kengayishi, mahalliy startaplar bilan ishlash va mintaqaviy venchur hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildi.


💼 Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston startaplarini xalqaro investorlar va yangi bozorlarga ulash, shuningdek, Headline Asia bilan venchur investitsiyalar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @itpark_uz
  1. Sep 24, 2026🏆 Global Startup Ecosystem Awards 2026: dunyoning yetakchi va rivojlanayotgan startap eko…
  2. Sep 24, 2026🤝 Startup World Cup Uzbekistan yakunida Investor–Startup Matchmaking bo‘lib o‘tdi Startup…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →