TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #20938 1.51K
StartupBase
📰 TechCrunch - o‘zbek startapining xalqaro muvaffaqiyati haqida

Dunyoning yetakchi texnologik nashrlaridan biri - TechCrunch Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 mintaqaviy finali va uning g‘oliblari to'g'risidagi maqolani e’lon qildi.

🚀 Bu yil tanlovga 39 davlatdan rekord darajadagi 726 ta ariza kelib tushdi. 22 ta finalchi orasidan O‘zbekistonning Cerberus startapi 1-o‘rinni, Qozog‘istonning WeGlobal AI startapi 2-o‘rinni, Yaponiyaning LOOQ startapi esa 3-o‘rinni egalladi.

🇺🇿 Cerberus’ning g‘alabasi O‘zbekiston uchun ham tarixiy natija bo‘ldi — u Road to TechCrunch Startup Battlefield’da 1-o‘rinni egallagan ilk o‘zbek startapiga aylandi.

💬 Maqolada O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov mamlakat startap ekotizimida so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarishlar yuz berayotgani, tobora ko‘proq asoschilar murakkab texnologik mahsulotlar yaratib, boshidanoq xalqaro bozorlarni ko‘zlayotganini ta’kidladi.

“Cerberus’ning muvaffaqiyati ushbu taraqqiyotning yaqqol namunasi hamda o‘zbekistonlik asoschilar qanday mahsulotlar yarata olishini global texnologiya hamjamiyatiga namoyish etish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi”, — deydi Sherzod Shermatov.


🌐 Cerberus 13–15-oktabr kunlari San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan TechCrunch Disrupt 2026 doirasidagi Startup Battlefield 200 sahnasida Markaziy Yevrosiyoni namoyish etadi.

🔗 TechCrunch maqolasini o‘qing

@startupbaseuz
TechCrunch Central Eurasia names its 2026 Road to Battlefield winners: Cerberus, WeGlobal AI, and LOOQ | TechCrunch Cerberus, WeGlobal AI, and LOOQ took the top three spots at the regional final of Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 and will represent Central Eurasia in the Startup Battlefield 200 at TechCrunch Disrupt in San Francisco this October.
  • ❤ 4
More from @itpark_uz
  1. Sep 21, 2026✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026: 1 KUN QOLDI 📌 ICT WEEK Uzbekistan 2026 dasturi bilan tanishin…
  2. Sep 21, 2026✨ ICT WEEK 2026: “The Japanese Market: Opportunities & Challenges” panel sessiyasi spikerl…
  3. Sep 21, 2026✨ Uzbek-Japan Digital Community Forum spikerlari bilan tanishing O‘zbekiston–Yaponiya texn…
  4. Sep 20, 2026✨ ICT WEEK 2026: IT Park stendida to‘rt kunlik faol dastur! ICT WEEK Uzbekistan 2026 xalqa…
  5. Sep 19, 2026✨ ICT WEEK 2026: Enterprise Uzbekistan Summit — 4 KUN QOLDI O‘zbekistonda texnologik bizne…
  6. Sep 19, 2026🤖 O‘zbekistonning 4 hududida Advanced IT Skills dasturining birinchi bosqichi yakunlandi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →