📈 O‘zbekistonlik IT-mutaxassislar xalqaro tajribasini O‘zbekiston texnologik ekotizimi bilan bog‘lash uchun Seulda bir maydonga jamlandi.
Seuldagi O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasida Tech Compatriots Meetup 2026 bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv IT Park Uzbekistan tomonidan Koreyada faoliyat yuritayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonlik IT-mutaxassislar, muhandislar, tadbirkorlar va texnologik loyiha asoschilarini birlashtirdi.
Tadbirda NVIDIA, Coupang, SendBird, STRATIO, ThunderSoft kabi xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, shuningdek Azan Market, Kaja Games va ZaminTwin ai loyihalari asoschilari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar AI, computer vision, autonomous driving, cybersecurity, fintech, GameDev, e-commerce va cloud infrastructure yo‘nalishlarida tajriba va loyihalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🌐 Shuningdek, Global Partner Network tashabbusi taqdim etilib, Tech Ambassador, Bonus System, Digital Champion va VC Scouting yo‘nalishlari orqali xorijdagi mutaxassis va hamkorlarni O‘zbekiston texnologik ekotizimini xalqaro maydonda rivojlantirishga jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🤝 Asosiy e’tibor professional hamjamiyatni rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish va Koreyadagi o‘zbekistonlik mutaxassislarning O‘zbekiston IT-ekotizimi bilan yaqin hamkorligini rivojlantirishga qaratildi.
👉 Batafsil: it-park.uz
🧭 O‘zbekiston startap ekotizimi va xalqaro bozorlar haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun @startupbaseuz’ni kuzatib boring.
—
🇺🇿🇰🇷 From Uzbekistan to Korea: Bringing IT Professionals Together
📈 Uzbek IT professionals in Korea came together in Seoul to connect their international expertise with Uzbekistan’s growing technology ecosystem.
Tech Compatriots Meetup 2026 was held at the Embassy of Uzbekistan in Seoul, bringing together Uzbek IT specialists, engineers, entrepreneurs and technology founders working and studying in Korea.
The meetup brought together professionals from NVIDIA, Coupang, SendBird, STRATIO and ThunderSoft, as well as founders of Azan Market, Kaja Games and ZaminTwin ai.
Participants shared their experience across AI, computer vision, autonomous driving, cybersecurity, fintech, GameDev, e-commerce and cloud infrastructure.
🌐 The Global Partner Network initiative was also presented, highlighting opportunities for professionals and partners abroad to support Uzbekistan’s technology ecosystem through Tech Ambassador, Bonus System, Digital Champion and VC Scouting.
🤝 A key focus was strengthening the professional community, exchanging international expertise and developing closer cooperation between Uzbek professionals in Korea and the IT ecosystem of Uzbekistan.
👉 Read more: outsource.gov.uz
🧭 For more insights into Uzbekistan’s startup ecosystem, international partnerships and new market opportunities, follow @startupbaseuz.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn





