TGViewer
Iteca Exhibitions - Выставки в Узбекистане! Iteca Exhibitions - Выставки в Узбекистане! @iteca · 4.85K subscribers
Post #8936 507

Forwarded from CAITME

🇮🇳 CAITME 2026 ko‘rgazmasida Hindistonning keng ekspozitsiyasi: to‘qimachilik texnologiyalari va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston va Hindiston savdo-iqtisodiy hamda sanoat sohalaridagi hamkorlikni izchil kengaytirib bormoqda. Joriy yilning avgust oyida Nyu-Dehli shahrida O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar savdo, investitsiyalar va qo‘shma loyihalarni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar. To‘qimachilik uskunalari va ularning butlovchi qismlari ham ikki tomonlama savdoning istiqbolli yo‘nalishlari qatoriga kiradi.

Ushbu muloqot CAITME 2026 ko‘rgazmasida ham davom etadi: ko‘rgazmada Hindistonning 18 ta kompaniyasi ishtirok etadi.

Hindiston ishlab chiqaruvchilari quyidagilarni taqdim etadilar:
— yigirish uchun uskunalar va butlovchi qismlar
— yigirishga tayyorlash va tarash uskunalari
— yigirish idishlari, bobinalar, g‘altaklar va konuslar
— o‘rash va yordamchi uskunalar
— yigirishda tashish va tozalash tizimlari
— nazorat-o‘lchov uskunalari
— to‘quv uskunalari va butlovchi qismlar
— bosma va o‘ymakorlik uskunalari
— to‘qimachilik mashinalari uchun aksessuarlar va ehtiyot qismlar

Hindiston kompaniyalarining ishtiroki 29–30 avgust kunlari Bosh vazir Narendra Modining O‘zbekistonga davlat tashrifi arafasida ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi. Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan strategik sheriklikni, jumladan, savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu Narendra Modining O‘zbekistonga to‘rtinchi tashrifi bo‘ladi.

CAITME O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari Hindiston texnologiyalari va uskunalari bilan bevosita tanishishi, shuningdek, yangi hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatishi mumkin bo‘lgan yana bir amaliy platformaga aylanmoqda.

📅 2026 yil 8–10 sentabr kunlari
📍 “O‘zekspomarkaz” MKK, Toshkent

🎫 Oldindan ro‘yxatdan o‘ting va CAITME 2026 ko‘rgazmasiga tashrif buyuring - https://bit.ly/CAITME-uz_reg

👇🏻 Sahifalarimizni kuzatib boring:
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 LinkedIn | 📱 Telegram
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • 🔥 2
More from @iteca
  1. Oct 9, 2026🎤 Кто выступит на UIMF 2026? Мы продолжаем знакомить вас со спикерами и модераторами VIII…
  2. Oct 9, 2026🌍 Все дороги ведут в Узбекистан! Ташкент вновь в центре внимания — в столицу Узбекистана…
  3. Oct 9, 2026💥 ИТОГИ AquaTherm Tashkent 2026 💥 🔺 200+ компаний и брендов 🔺 12 стран 🔺 6 619 посеще…
  4. Oct 8, 2026AquaTherm Tashkent 2026 o‘z ishini yakunladi! AquaTherm Tashkent 2027 ko‘rgazmasida ko‘ris…
  5. Oct 8, 2026🎉 O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi MiningMetals Uzbekista…
  6. Oct 8, 2026📸 AquaTherm Tashkent 2026 ko‘rgazmasining yakuniy kuni qizg‘in davom etmoqda! Pavilyonlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →