Operativ xotira narxlari oshib borayotgani sababli protsessor ishlab chiqaruvchilar eski avlod DDR4 xotirasiga qaytmoqda. Intel va AMD kompaniyalari eskiroq hamda hamyonbop xotira turlarini qo'llab-quvvatlaydigan yangi protsessorlarni tayyorlamoqda. Jumladan, Gigabyte kompaniyasi Intel LGA 1700 soketiga asoslangan kelgusi protsessorlarni qo'llab-quvvatlovchi ikkita ona plata liniyasini e'lon qildi. Ushbu soket dastlab ham DDR4, ham yangi DDR5 xotirasini qo'llab-quvvatlagan edi. Keyinchalik faqat DDR5 formatiga o'tilgan bo'lsa-da, hozirda narxlarni arzonlashtirish maqsadida ikki formatli qo'llab-quvvatlash qayta tiklanmoqda #tech #hardware
👉 @ITdaNimaGap
Post #1298
40
