TGViewer
IT Community of Uzbekistan IT Community of Uzbekistan @itcommunityuzb · 4.84K subscribers
Post #3323 774
💚 Andijon, IT Community Education trenerlari bilan tanishing

Andijondagi mashg‘ulotlarni Jahongir Azimjonov va Nosirbek Abdurazakov olib boradi.
Jahongir Azimjonov — Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi va tadqiqotchisi. Sun’iy intellekt, mashinaviy va chuqur o‘rganish yo‘nalishlariga ixtisoslashgan.
Nosirbek Abdurazakov — Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi. Axborot tizimlari, ma’lumotlar bazasi, kompyuter tarmoqlari, mashinaviy o‘rganish va IoT texnologiyalari bo‘yicha tajribaga ega.

The Nippon Foundation hamkorligida amalga oshirilayotgan 24 ta amaliy mashg‘ulot davomida ishtirokchilar internetdan xavfsiz foydalanish, Google Workspace bilan ishlash, AI yordamida kontent yaratish, frilans va masofadan ishlash bo‘yicha bilimlarini rivojlantiradi.

Ochilish marosimida kurs haqida batafsil ma’lumot olishingiz hamda trenerlar bilan tanishishingiz mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘ting va botda Andijon shahrini tanlang:
https://t.me/itcomuzbot

🗓  28-sentyabr (dushanba)
⏰ 15:00
📍 Andijon davlat universiteti (Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy)

Ishtirok bepul. Tadbir o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

💚 LinkedIn | Instagram | Telegram | YouTube
  • ❤ 3
More from @itcommunityuzb
  1. Sep 26, 2026💚 Namangan, IT Community Education ochilish marosimiga bir kun qoldi! Tadbirda The Nippon…
  2. Sep 25, 2026💚 Farg‘ona, IT Community Education ochilish marosimiga bir kun qoldi! Tadbirda The Nippon…
  3. Sep 25, 2026💚 Namangan, IT Community Education trenerlari bilan tanishing Namangandagi mashg‘ulotlarn…
  4. Sep 25, 2026➡️▶️◀️🆗⬅️ Вы были на IT Community Roadshow в Навои на прошлой неделе? Если вы не смогли п…
  5. Sep 25, 2026➡️▶️◀️🆗⬅️ O‘tgan hafta Navoiyda bo‘lib o‘tgan IT Community Roadshow tadbirida ishtirok et…
  6. Sep 24, 2026➡️▶️◀️🆗⬅️ Вы были на IT Community Roadshow в Бухаре на прошлой неделе? Если вы не смогли…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →