Bulkhead pattern.
Aytaylik servisimiz bir vaqtning o'zida 200 ta so'rovni parallel ko'tara oladi.
Fraud detection uchun tashqi servisga murojaat qilamiz va u servis, misol uchun 5+ sekundda javob qaytaradi.
100 RPS yuklamada ishlab turgan servis 3-sekunddan boshlab javob berishni to'xtatadi.
Chunki hamma oqimlar band qilingan, "kema to'lgan, cho'kyapti".
Bulkhead — kema teshilganida cho'kib ketmasligi uchun uni bo'limlarga ajratish. Bir bo'lim to'lsa ham, qolganiga o'tib ketmaydi.
Tizimda aynan shu uslubni qo'llaymiz, fraud detection service uchun, aytaylik, 20 ta thread ajratamiz.
Hammasi ishlatilsa ham, to'lib qolsa ham, servisning boshqa qismlariga ta'sir qilmaydi, kema butunlay cho'kib ketmaydi.
Endi savol, 21-fraud detection uchun kelgan so'rov nima bo'ladi?
@it_suhbat
Post #1188
716

- 🔥 4