Xonakilashtirilgan sher
Xikoya keltiriladiki, bir kishi ovga chiqib sher ovlaydi va yarador sherni uyga olib keladi. U sher bo'g'oz bo'ladi va o'lishidan oldin bola tug'ib ketadi. Keyin sherning bolasini ovchi xovlida qo'ylar, itlar bilan qoldirib, birga katta qiladi.
Kunlarning birida, ancha muddat o'tib, yaylovda qo'ylar, it va sher birga o'ynab yurishgan bo'ladi. Shunda o'rmondan yovvoyi bir sher chiqib keladi va holatni ko'rib ko'zlariga ishonmay qoladiki, bir sher qo'ylar, itlar bilan birga yaylovda o'ynab yuripti.
Kelib xonaki sherga aytadi: "Sen bu yerda nima qilib yuribsan? Sen shersan-ku, axir biz bu qo'ylarni yeymiz sen bo'lsang bular bilan o'ynab yuribsan". Shunda xonaki sher: "Men bularni ichida tug'ildim, bularni ichida katta bo'ldim va men bulardanman" deydi.
O'rmon sheri xonaki sher va bitta qo'yni olib ko'l bo'yiga olib boradi. Aytadiki: "Ko'lga qarab, o'zingni suratingni ko'r keyin menga va qo'yga qara. Qaysi birimizga o'xshayabsan".
Xonaki sher suvga qarab, keyin sher va qo'yga qarab haqiqatni tushunadi.
Hozirgi kunda bizda ham haqiqatni tushunmay "xonakilashtirilgan sher" kabi yurganlarimiz qancha. Shundaylarimizni aslini tushuntirib beradigan haqiqiy sherga ehtiyoj katta.
@islom_aliy
Post #90
446