Senga ilm berayotgan insonni hurmat qil!
Gohida guruhlarda ko'rib qolamiz, kimdir savol beradi va u savoliga javob berilsa, "Buni man ham blama okya, mamini s6ravommanu" kabi qo'pol gaplar yozib qolishadi.
Birinchidan, u odam senga javob berishga majbur emas. Senga vaqtini ajratib yordam berishga harakat qilyaptimi hurmatini joyiga qo'yib qo'y!
Ikkinchidan, bilsang ham "rahmat aka tushunarli. Ammo men manabu narsani so'ragan edim." deb qo'ysang misqollab to'plagan yo'q obro'ing umuman yo'q bo'lib qolmaydi.
Hattoki sen mingdan bir ilmini ololmagan ba'zi ulamolar ham o'ta darajada tavozeli, kamtar bo'lishgan. Bunga misol:
Ato ibn Abu Raboh rohimahulloh deydi:
«Bir yigit menga bir rivoyat aytadi, o‘zimni avval eshitmagandek tutib diqqat bilan uni eshitaman, holbuki bu rivoyatni men uning tug‘ilishidan oldin eshitgan bo‘laman».
@islom_aliy
Post #75
952
- 👍 16