Dasturchilar uchun ajoyib 5 ta VSCode extension'lar
1) GitLens. Jamoaviy ishlayotgan proyektingizda birorta $itcode ko'rib qolib, egasini tezda topib "so'kish" uchun juda ham qulay extension :)
2) Path intellisense. VS Code'dagi eng asosiy kamchilik ba'zida import qilayotganingizda path'ni avtomatik topib bera olmay qoladi. Path intellisense ushbu muammoingizni hal qiladi.
3) Import cost. Har bir import qilgan library'laringizni hajmi qancha ekanligidan xabardor bo'lishni istaysizmi? Unda bu extension siz uchun.
4) Turbo console log. Debug qilayotganimizda eng ko'p ishlatiladigan usul bu console.log, dasturlashda eng qiyin ishlardan biri - bu o'zgaruvchilarga nom berish. Ushbu ikki muammo Turbo console log bilan hal qiling. Log'ga chiqarmoqchi bo'lgan narsanigzni ustiga bosib, ctrl + alt + L tugmachalari yordamida avtomatik log chiqarib olasiz.
5) Auto rename tag. Elementni bir tomonini o'zgartirish bilan avtomatik ikkinchi tomonni ham o'zgartirib beruvchi extension.
Bundan oldingi postlarimizdan birida, top 5 VSCode temalar haqida ham yozgan edik: Maqolani o'qish uchun bosing.
@islom_aliy
Post #70
604