Dasturchilar uchun juda ham yomon odatlar
1️⃣ Keraksiz narsalarni tozalamaslik. Birorta import, log yoki ishlatilmaydigan component, funksiya bo'ladimi albatta o'chirib tashlang. Chunki agar bu yaxshi odatni shakillantirmasangiz "Ha, bir dona import bilan nima bo'lardi" deb yuraverib, uzoq mudatta kattagina "axlat" yig'ib qo'yasiz va bunga e'tiborsiz bo'lib qolasiz.
2️⃣ Ishingizni mehr bilan bajarmaslik. To'g'ri ba'zi hollarda PM sizni shoshiltiradi, ishlaringiz ko'payib ketadi va shu kabi holatlar bo'ladi. Ammo imkoningiz boricha ishingizni sifatli qilishga, chiroyli kod yozishga, ui, logikani komponentlarga ajratib chiroyli qilib yozishga harakat qiling. Agar siz doim ishlasa bo'ldida deb kod yozaveradigan bo'lsangiz junior darajadan ko'tarilishingiz juda ham qiyin bo'ladi.
3️⃣ Izlanish olib bormaslik. Bu hozirgi kunda aksar yosh dasturchilarimizda uchraydi. Biror yordam so'rashdan oldin o'zi qidirib ko'rish tugul, hatto nima qilishni aytib bersangiz ham mayda narsalarni yana so'rayververadi. Jon ukalar, agar yaxshi dasturchi bo'lishni istasangiz, muammoga internettan qidirib, yechim topish ko'nimkasini o'zingizda shakillantiring.
Hozircha shular. Keyingi postlarda yana boshqalari haqida ma'lumot berishga harakat qilaman.
@islom_aliy
Post #53
247