Gʻazodagi qirgʻinbarotlarga endi ocharchilik va kasalliklar muammosi qoʻshildi. Sektorning aksar aholisi uysiz qolishganidan soʻng, hozir deyarli barcha odam yetarlicha kaloriya ola olmayapti, shimolda esa haqiqiy ocharchilik xavfi mavjud. Yuzlab ming bolalar har xil turdagi kasalliklarga chalingan.
Bir nechta goʻdak ocharchilik natijasida halok boʻlib boʻldi. AQSh administratsiyasiga koʻra, Gʻazo, haqiqiy Mogadishuga aylanib qoldi — mahalliy huquqni muhofaza qilish tamoman yakunlangan.
Bugun AQSh mudofaa vazirini kongressda aytishicha, urush boshlanganidan beri Isroil tomonidan 25 mingta Falastinlik ayol va bolalar Gʻazoda oʻldirilibdi.
Bugunning oʻzida, CNN xabar berishicha ovqat va gumanitar yordam tarqatilayotgan paytda 104ta odam Gʻazoda oʻldirilibdi. Bu raqamlar yana oshishi tabiiy, chunki yana koʻpchilikni topishmagan va ularni jasadlari vayron boʻlgan binolar tagida.
Koʻzimizni oldida dahshatli hodisalar roʻy bermoqda.
Post #297
537
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
- 😢 16
- 👍 1