TGViewer
Islombek.dev Islombek.dev @islombekdev · 434 subscribers
Post #28 8.22K
Motivatsiyani bozordan "sotib oling" yohud muzlagan jajji qo'llar

Ko'p motivatsion videolarni ko'rsangiz: "Sen uddalaysan, yorasan!" degan odamlar chiroyli joylarda, juda yaxshi sharoitda o'tirgan bo'ladi. Balki shungami yoki boshqa sabab gaplarida ta'sir unchalik kuchli emas.

Meni fikrimcha motivatsiya olishning eng zo'r yo'li erta tongda yoki kechqurunda bozorga borishdir. Chunki u joyda har qanday sovuq bo'lmasin, qiyin, og'ir ish bo'lmasin oilasini boqaman deb chiqqan yosh bolakaylardan tortib yoshi 60 dan oshiq onaxonlarni ham hayot uchun kurashayotganiga guvoh bo'lasiz.

Qani aytingchi jajji barmoqlariga puflab isitaman deb turgan bolakaydan ham ko'proq motivatsiya beradigan nima bor? Uchirib yuboradigan sovuqda, bo'ynini yelkasiga qisib, nigohlarini yerga qaratgan holda o'yga tolib turgan onaxon yoki kiyimlaridan tushayotgan yomg'ir tomchilari ko'z yoshi bilan qo'shilib, hech kimga sezilmayotgan ayoldan ham ko'proq sizga kim motivatsiya bera oladi birodarim?

Qarib, kuchdan qolgan otaxon o'ziga bir necha barobar katta yukni, yuzidagi ajinlarni yana ham sezdirib yuboradigan darajada qiynalib tortib ketishichi? Alloh bergan ne'matlar atrofimizda shu darajada ko'pki shukr qilib sanog'iga yeta olmaymiz.

Biz kompyuterimiz kuchsizligidan, oyligimiz biz xohlagandek emasligidan, oyoq kiyimimiz o'tkan yilgi "eski modadagisi" ekanligidan nolib turganimizda hayotda bu kabi holatlar ham bo'lib turipti. O'zimizni isloh qilaylik...

@islom_aliy
  • 👍 8
  • 😢 5
  • 👨‍💻 3
More from @islombekdev
  1. Jun 27, 2025Hack for Gaza Deen developers tomonidan tashkillashtirilgan hackathonda qatnashib, G'azo u…
  2. May 11, 2025Yana bir hamyurtimiz dunyodagi eng katta kompaniyalardan biri bo’lgan Oracle’dan offer oli…
  3. Apr 25, 2025Dasturchi sifatida produktivligingizni oshirish uchun 2 ta monitor, macbook sotib oldingiz…
  4. Apr 9, 2025E'tibor berayotgan bo'lsangiz full-stack dasturchilarga talab anchagina ortib qolgan. Maos…
  5. Mar 1, 2025Ramazon muborak! Bu oyda ba'zi do'stlarimiz chanqoq yoki bosh og'rig'i kabi muammolarni bo…
  6. Jan 31, 2025​​Nima kasbni o'rganishni bilmayotgan yoki sohangizda yanada yaxshiroq natijaga erishmoqch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →