Zamon bilan hamnafas bo'lish
Dasturchi sifatida o'z sohangizda doim zamon bilan hamnafas bo'lib turishlik juda ham muhimdir. Agar siz ko'nikmalaringiz (skills) doim zamondan ortda qolmagan holda bo'lishini istasangiz, davomli ravishda dasturchilar community'sida bo'lyayotgan yangiliklardan xabardor bo'lishingiz va imkoniyatingiz yetganicha amaliyot qilib turishingiz kerak.
Buni amalga oshirishni bir necha hil yo'llari mavjud. Masalan: blog postlar o'qish, meetup va konferensilarga qatnashish, o'zingiz ishlayotgan til bo'yicha yangi kutubxonalardan xabardor bo'lib, sinab ko'rish va boshqalar.
Kuchli ilmga ega insonlar tomonidan yozilgan zamonaviy yoki vaqt tanlamaydigan kitoblarni o'qish juda katta foyda beradi. Masalan JavaScript bo'yicha Kyle Simpson'ning "You don't know JS" kitoblar seriyasi. Uncle Bob'ning Clean code kitobi kabilar.
Ushbu ishlarni muntazam ravishda bajarish orqali bilimlarimizni "charxlash" va yaxshilab turamiz.
@islom_aliy
Post #27
494