TGViewer
Islombek.dev Islombek.dev @islombekdev · 435 subscribers
Post #261 735

Forwarded from Dev Farhod

Vaqtni Baholash - Time Estimation ⏳

Freelancer bo'lib ishlaysizmi yoki doimiy ishda ishlaysiz, siz doim vazifalarni yoki butun proyektni qancha vaqt olishini baholashingiz kerak bo'ladi.

Agarda baholashni noto'g'ri qilib, topshirish muddatidan kechiksangiz, siz guyoki yaxshi dasturchi emassiz. Aslida bu noto'g'ri. Baholash bu kafolat emas, bu tahmin. Uni hech kim 100% aniq qila olmaydi.

Xush qanday qilib vaqtni baholaymiz?

1. Proyketni kichik vazifalarga bo'ling va har bir vazifani alohida baholang. Tip. Har bir vazifani bajarilish qadamlarini aniq tasavvur qiling. Shunda uning qancha vaqt olishini tahmin qilish osonlashadi.

2. Tajribangizdan foydalaning. Agarda oldin bajargan ishingiz bo'lsa, oldin qancha olganiga qarab baholang.

3. Jamoa bilan maslahatlashing. Jamoa ichida avval shu kabi vazifani bajarganlar topilishi mumkin.

4. Three-Point Estimation: Optimiztik, pissimistik va eng real stsenariyalarni olib quyidagi formular yordamida baholang.

K = (O + 4E + P) / 6

K - Kutilayotgan vaqt
O - Optimistik vaqt
E - Eng real vaqt
P - Pissimistik vaqt

P.S. Bu muammoaga aniq siz ham duch kelgansiz 😎 Shunday bo'lsa, kommentariyada yozib qoldiring.

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 👍 8
  • ⚡ 2
  • 🔥 1
More from @islombekdev
  1. Jun 27, 2025Hack for Gaza Deen developers tomonidan tashkillashtirilgan hackathonda qatnashib, G'azo u…
  2. May 11, 2025Yana bir hamyurtimiz dunyodagi eng katta kompaniyalardan biri bo’lgan Oracle’dan offer oli…
  3. Apr 25, 2025Dasturchi sifatida produktivligingizni oshirish uchun 2 ta monitor, macbook sotib oldingiz…
  4. Apr 9, 2025E'tibor berayotgan bo'lsangiz full-stack dasturchilarga talab anchagina ortib qolgan. Maos…
  5. Mar 1, 2025Ramazon muborak! Bu oyda ba'zi do'stlarimiz chanqoq yoki bosh og'rig'i kabi muammolarni bo…
  6. Jan 31, 2025​​Nima kasbni o'rganishni bilmayotgan yoki sohangizda yanada yaxshiroq natijaga erishmoqch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →